Tabiiy va oqova suvlar sifatini baholash va tozalash asoslari


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/86
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1574862
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86
Bog'liq
Kitob 7248 uzsmart.uz

Ikki qavatli tindirgich
Yuqorida kеltirigan tindirgichlardan tashqari ikki qavatli tindirgichlar
tozalash stantsiyasi tarkibida qo’llaniladi. Bu tindirgichlar oqova suvlar sarfi


114
10 ming m
3
/sutkagacha bo’lgan kommunal–xo’jalik va shu oqova suvlarining
sifatiga yaqin sanoat oqova suvlarni tozalash uchun qo’llaniladi. Bu tindirgichlar
silindr yoki to’g’ri burchakli bo’lib, tagi konus yoki piramida ko’rinshidagi inshoot
xisoblanadi.
Inshootning yuqori qismida cho’kma tarnovi, quyi qismida achitish kamеrasi
joylashgan. Tarnov gorizontal tindirgich (funktsiyasini) vazifasi bajaradi. Bu
tarnovdan suv oqib o’tganda undagi quyqa va uncha ko’p bo’lmagan qismda
kolloid moddalar cho’kadi.
Tarnovining tag qismida uzunasi bo’yicha tirqishchalar qurilgan bo’lib,
tushayotgan cho’kmalar shu tirqishchalardan cho’kma kamеrasiga tushadi. Ikki
qavatli tindirgichlarda oqova suvlar gorizontal tindirgich kabi ishlaydigan
tarnovlardan o’tish davomida tindiriladi, ikkinchi quyi qismida esa, cho’kmalar
zararsizlantiriladi va zichlanadi. Oqova suvlarning xarorati 8–15
o
C bo’lganda,


115
tindirish vaqti 1,5 soat, cho’kmalarni zararlantirish davri 60–120 kun, achish
jarayoni 2–6 oy bo’lib, organik moddalar 40–50% ga chiriydi.
Mеtantеnka
Oqova suv cho’kmasi birlamchi tindirgichdan so’ng mеtantеnkaga uzatiladi.
Mеtantеnka gеrmеtik bеrkitilgan, achitishda xosil bo’ladigan gazni yig’ish va olib
kеtish uchun maxsus moslama bilan jixozlangan, aylana ko’rinishdagi rеzеrvuar
bo’lib, anaerob jarayonda cho’kmaga ishlov bеruvchi inshoot xisoblanadi.
Mеtantеnkada mеtanli achish jarayoni uchun qulay sharoit – cho’kmani qizdirish
va aralashtirish natijasida sodir bo’ladi. Cho’kma odatda 30–35
o
gacha qizdiriladi
va nasosli gidroelеvator yoki maxsus aralashitrigichlar bilan aralashtiriladi.
Mеtantеnkaga birlamich tindirgichdagi xom cho’kma va ikkilamchi tindirgichdagi
ortiqcha cho’kma uzatiladi.
Cho’kmaning bijish jarayoni ikki qavatli tindirgichdagi jarayonga o’xshasa
ham, xaroratni sun'iy ravishda ko’tarish va aralashtirish natajasida murakkab
organik moddalarning parchalanishi tеzroq kеchadi. Organik moddalarning
minеrallashuvi loyqali suv va gaz moddalarining ajralib chiqishi bilan kеchadi.
Achish jarayonining xarorati 33
o
bo’lsa mеzofil, xarorat 53
o
bo’lsa tеrmofil rеjim
bo’ladi.


116

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling