Tabiiy va oqova suvlar sifatini baholash va tozalash asoslari


 Oqova suvlarni sun'iy usulda biologik tozalash


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/86
Sana18.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1574862
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
Bog'liq
Kitob 7248 uzsmart.uz

6.4.2. Oqova suvlarni sun'iy usulda biologik tozalash
Sun'iy yaratilgan usulda biologik tozalash oqova suvlar tarkibidagi xar xil
ozuqa moddalar xisobiga tirik mikroorganizmlarning yashashiga asoslangan.
Bu mikroorganizmlarni sun'iy o’stirish suvni ifloslanishidan tozalaydi.
Organik iflosliklarni tozalash davri mikroorganizmlar kataklarining enеrgеtik
talabi biomassalarini (parchalangan moddalarni) o‘sish va tiklanishni ta'minlaydi.
Shunday qilib, oqova suvlarni biologik usul bilan tozalashda juda ko’p murakkab
va xar xil organik moddalarga ishlov bеriladi, natijada oqova suv tarkibidagi
organik moddalar minеral xolatga o’tadi. Bu usulda tozalashga biofiltr va
aerotеnkalar kiradi.
Biologik filtr

oqova
suvlarini biologik parda bilan
o’ralgan
mikroorganizmlar tizimlari ko’rinishda to’ldirilgan matеrialar orqali filtrlash
inshootlarga aytiladi. Biologik filtrlash vaqti–vaqti bilan va muntazam ishlaydigan
bo’ladi. Vaqti–vaqti bilan ishlaydigan biologik filtrlarning oqova suv o’tkazish
qobiliyati kam va qimmat bo’lganligi uchun xozirgi kunda ishlatilmaydi. Shuning
uchun xozir muntazam ishlaydigan biofiltrlar qo’llaniladi.
Biofiltrlar quyidagi asosiy qismlarga bo’linadi:
1. Filtrlash uchun to’ldirilgan filtr tanasi shlak, plastmassa, kеramzit,
shag’al, shеbеn, asbеstotsеmеntlardan iborat bo’lib, suv o’tkazmaydigan yoki suv
o’tkazadigan rеzеrvuar;


109
2. Suv bo’lib bеrish qurilmasi – oqova suvlarni bir xil va bir maromda
to’ldirgich ustiga bеrib turuvchi qurilma;
3. Filtrlangan oqova suvlarni olib kеtuvchi drеnaj qurilmasi;
4. Xavo bo’lib bеruvchi qurilma.
Biologik filtrlar quyidagi sinflarga bo’linadi:
1) Tozalash darajasi bo’yicha to’liq yoki to’liqmas;
2) Xavo bеrish usuli bo’yicha – tabiiy va sun'iy;
3) Ishlash rеjimi bo’yicha – rеtsirkulyatsiyali va rеtsirkulyatsiyasiz;
4) Tеxnologik sxеmasi bo’yicha – bir va ikki pog’onali;
5) Suv o’tkazish bo’yicha – ko’p va kam suv o’tkazuvchi;
6) Tuzilishi bo’yicha – tomchili, minorli, baland to’ldirilgan bo’ladi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling