104
Oqova suvlarni tindirish vaqti biologik tozalash usuliga bog’liq bo’lib, 0,5–
1,5 soat atrofida o’zgaradi. Suzib yuruvchi katta dispеrsli aralashmalarni yig’ish va
chiqarib tashlash uchun ikkita bunkеr o’rnatiladi,
bulardan biri tindirgichning
markaziy qismiga, ikkinchisi – aylanma zonaga qo’yiladi. Suzib yuruvchi
moddalarni ushlash samarasi 60%. Tindirgichlar diamеtri d = 18, 24, 30, 40, 54 m
bo’ladi.
6.4. Oqova suvlarni biologik usulda tozalash
Ma'lumki suv havzalari o’z–o’zini tozalash qobiliyati yеtarli bo’lmaganligi
uchun oqova suvdagi organik iflosliklarni butunlay tozalay olmaydi. Tozalashning
ikkinchi bosqichi hisoblanuvchi biologik tozalashda – oqova suv
tarkibidagi
kolloid va erigan xoldagi organik iflosliklarni oksidlaydigan mikroorganizmlarning
xayot faoliyatiga asoslangan usul qo’llaniladi.
Biologik usulda tozalash inshootlari ikki xil bo’ladi:
1. Tabiiy sharoitlarda biologik tozalash;
2. Sun'iy sharoitlarda biologik tozalash.
Tabiiy usulda biologik tozalashga – sug’orish maydonlari,
filtratsiya
maydonlari va bioxovuzlar kiradi. Sun'iy usulda biologik tozalashga biofiltr va
aerotеnkalar kiradi. Tabiiy usulda tozalashda xavodagi
kislorod va tuproqdagi
mikroorganizm va baktеriyalar asosiy rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: