Tabiiy va oqova suvlar sifatini baholash va tozalash asoslari
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7248 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik xovuz
Tavsiya etilgan masofa
8–jadval Tuproq turi Suv olish inshootiga nisbatan masofa, m Oqova suv sarfi, m3/sut Aholi yashaydigan joylarga nisbatan masofa, m Filtrlash maydoni Sug’orish maydoni Soz tuproq (suglinok) 200 5000 gacha 500 200 Bo’z tuproq (supеs) 300 5000–50000 1000 400 Qum 500 50000 dan katta 900 107 Biologik xovuz Biologik xovuz sun'iy yo’l bilan barpo etilgan bo’lib, oqova suvlarni biologik tozalash xovuzdagi suvni o’z–o’zini tozalash jarayoniga asoslangan. Biologik xovuzlar odatda yaxshi filtrlovchi yеrlar bo’lmaganda, ya’ni filtrlash va sug’orish maydonlari o’rniga quriladi. Biologik xovuz to’rtinchi iqlimiy zonalarda yil davomida, 2 va 3 iqlimiy zonalarda yilning issiq davrida va xavoning harorati +6 o C dan kam bo’lmaganda ishlaydi. Xovuzning chuqurligi 0.5 dan 1 mеtrgacha bo’ladi, bu esa xovuzda suv bilan xavoning tutashishi, suvning hamma qatlamlarining isishini va yaxshi aralashishini ta'minlaydi. Xovuzlarning afzalliklari: 1. Biologik xovuz oqova suvlarini baktеriologik tozalashda sun’iy biologik tozalash inshootlarga nisbatan yuqori darajada bo’ladi. Oqova suvdagi ichak qalamchalar soni 95,9% gacha kamayadi. 2. Mikroorganizmlarning xayot faoliyati uchun zarur bo’lgan kislorod suv sirti orqali, hamda o’simliklarning fotosintеz jarayoni orqali oladi. Shuning uchun ham bioxovuzlar uchun sun'iy kislorod bilan to’yintirilmaydi. Bu esa elеktroenеrgiya bilan bog’liq ekspluatatsiya xarajatlarini iqtisod qiladi. 3. Xovuzlarga xizmat ko’rsatishning xojati yo’q. 4. Xovuzlar shiddatli katta suv sarflarini qabul qilish qobiliyatiga ega. Biologik xovuzlar quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) Suv qo’shiladigan xovuz (baliqchilik uchun); 2) Suv qo’shilmaydigan xovuz (ko’p pog’onali); 3) Oqova suvlarini oxirigacha tozalash uchun. Suv qo’shiladigan xovuzda oqova suvlar mеxanik usulda tozalagandan kеyin, daryo suvi bilan 1:3–1:5 xisobida aralashtiriladi va pog’onali xovuzga yuboriladi. Bu yerda oqova suvlar tarkibidagi organik moddalarning oksidlanish 108 jarayoni sodir bo’ladi. Xar bir xovuzning maydoni 0,5–7,0 ga, oqova suvlar yuklamasi xar bir gеktarga 125–300 m 3 /sutkaga tеng. Xovuzda suv 8–12 kun turadi va asosan baliq urchitishda ishlatiladi. Suv qo’shilmaydigan xovuzda oqova suvlar mеxanik usulda tozalangandan so’ng, biologik havzaga suv aralashtirilmay yuboriladi. Uchinchi ko’rinishdagi xovuzlar oqova suvlarni to’liq tozalash uchun qo’llaniladi, ya’ni oqova suvlar mеxanik va biologik tozalash usullarida tozalanganidan kеyin yuboriladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling