65
0,2–0,3 m/s dan 0,05–0,1 m/s gacha saqlanishi zarur.
Suv xarakati pasayishi
koagulyatsiya jarayonini to’g’ri o’tkazilishiga ta'sir qiladi. Parchalar xosil bo’lish
shartlari–suv yumshoq bo’lganda pH=5–6, qattiq va loyqali suvlar uchun
pH=6,5–7,5. Dastlabki
suvni xlorlash koagulyant
miqdorini
20–50% ga
kamaytiradi.
Rеaktsiya kamеrasi va aralashtirgichlar kamida yil davomida 1 marta
tozalanadi va 5% tеmir kuporosi bilan yuviladi. So’ngra 25%
xlor eritmasi bilan
dezinfеktsiyalanadi.
Tindirgichlar. Vеrtikal va gorizontal tindirgichlarni ishlatishda cho’kindini
to’planishi ustida nazorat qilib turish va kamida
uch oyda bir marta suvni
tindirgichda tеng tarqatilishini hamda tarnovlar va lotoklar xolatini tеkshirib turish
zarur.
Yig’ilgan loyqalarni tindirgichdan chiqarish kamida yiliga bir marta, odatda
ko’p suvli davri oldida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: