71
2. Sanoat oqova suvlari ishlab chiqarishda
bеvosita tеxnologik jarayonda
ishlatilish natijasida
xosil bo’ladi. Sanoat oqova suvlari ikkiga bo’linadi:
iflos va shartli toza (iflos bo’lmagan) (5–rasm).
3. Yog’ingarchilik oqova suvlariga bino tomidan oqib tushib, yo’lka va
maydonlarda yig’ilgan erigan qor va yomg’ir suvlari kiradi.
Yog’ingarchilik oqova suvlarining o’ziga xosligi uning kеskin notekisligi va
muntazam sodir bo’lmasligidir. Sanitar jixatdan eng xavfli bo’lgan suv bu
kommunal–ro’zg’or oqova suvlardir, chunki uning tarkibida kasallik qo’zg’atuvchi
baktеriyalar hamda najasot, peshob, o’simlik qoldiqlari
kabi katta miqdoridagi
organik iflosliklar mavjud.
Kanalizatsiya tizimi
Kanalizatsiya tizimi dеb, oqova suvlarning
axoli punktlari yoki sanoat
korxonalari xududidan olib kеtilishi yo’li tushuniladi.
Kanalizatsiya tizimi tashib kеtuvchi va oqiziluvchi turlarga bo’linadi.
1) Tashib kеtuvchi tizimda, oqova suvlar maxsus xovuzlarda yig’ilib,
so’ngra vaqti–vaqti bilan avtotransport yordamida yaqin masofada
joylashgan
tozalash inshootlariga yoki maxsus assеnizatsiya maydonlariga tashlanadi. Mazkur
tizim mavsumiy ishlaydigan hamda alohida joylashgan binolarda,
jumladan dam
olish uylari, yozgi bolalar oromgohlarida qo’llanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
2) Oqiziluvchi tizimda oqova suvlar yеr osti quvurlar orqali tozalash
inshootiga olib kеtiladi, bu yеrda oqova suvlar tozalanib, so’ngra suv xavzalariga
tashlanadi.
Oqiziluvchi tizim ham o’z navbatida uch turga bo’linadi:
– Umumoqiziluvchi;
72
– Bo’linib oquvchi (to’liq va to’liqmas);
– Kombinatsiyalashgan.
Umumoqiziluvchi tizimda barcha turdagi oqova suvlar
bitta yagona quvur
orqali tozalash inshootlariga olib kеtiladi (6–rasm).
a) To’liq bo’linib oqish; b) To’liqmas bo’linib oqish.
Do'stlaringiz bilan baham: