Quritib olishga mo’ljallangan o’simliklar har qanday namlikdan holi bo’lishi kerak, aks holda o’simlik quritilganda unda dog’larning izi qoladi. Quritilayotgan o’simlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O’simliklarni quritish uch sutkadan oshmasligi kerak. - Quritib olishga mo’ljallangan o’simliklar har qanday namlikdan holi bo’lishi kerak, aks holda o’simlik quritilganda unda dog’larning izi qoladi. Quritilayotgan o’simlikning tabiiy rangini asrab qolishning eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, quyosh nurida tez quritib olishdir. O’simliklarni quritish uch sutkadan oshmasligi kerak.
- Gerbariy ramkalarida quritish. Gerbariy ramkalarida quritilgan o’simliklarning ko’pchiligi o’zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o’simlik yumshoq qog’oz yoki gazeta orasiga solib qo’yiladi. Har bir varaq qog’oz va o’simiik o’rtasiga yana bir necha qavat qog’oz yoki gazeta qo’yiladi, chunki quritilayotgan o’simlik o’zidan namlik chiqaradi. Shundan so’ng papka ikkita to’rsimon ramka o’rtasiga qo’yilib, ochiq havoga qo’yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo’lsa, o’simlik issiq va quruq joyga olib quritiladi.
- Pressda quritish. Orasiga o’simlik solingan qog’ozlar gerbariy papkasi o’rniga ikkita faner listlar o’rtasiga joylanib, og’ir narsa bostirib qo’yiladi. Og’rilik pressga qancha o’simlik joylashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Mayda nozik o’simliklar kam og’irlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 soatdan so’ng qog’oz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.
- Issiq dazmol bilan quritish. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog’oz orasiga o’simlikni qo’yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So’ngra ustki qavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o’simlik shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so’ngra gazeta yopib yana dazmollandi. O’simlik 2-3 minutda quriydi va u o’zining tabiiy rangini yo’qotmaydi. Agarda quritilgan o’simlik ko’tarilganda o’zining tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi.
- Barglar. Barglar o’yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo’shimcha material hisobfenadi. Ular turli shakl va ranglarda bo’lishi mumkin. Eman daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanoatlari, baliq suzgichlarini (bu o’yinchoqlar g’udda va bargdan yasaladi) yasashda qo’llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo’lganida terish yaxshi. Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o’qituvchi rahbarligida ekskursiya jarayonida to’planadi. Ekskursiyani uyushtirishdan oldin bolalarga bo’lajak ish namunasi ko’rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko’rib, mashg’ulot jarayonida foydalaniladigan tabiiy materiallar, ya’ni bargning shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so’ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo’nalishi, tabiiy materiallarni to’plash uchun mo’ljallangan joylar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |