Tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o‘yinchoqlar yasash


Download 13.77 Kb.
bet4/4
Sana21.11.2023
Hajmi13.77 Kb.
#1792764
1   2   3   4
Bog'liq
oyinchoq yasash

Tabiiy material - bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun asosiy tayanch hisoblanadi. O’quvchilarga o’yinchoq va buyumlar yasashda ulardan qanday foydalanishni o’rgatish zarur. Shu maqsadda tabiiy materiallar burchagi tashkil etiladi. Tabiiy materiallar burchagini sinfxonada, uyda tashkil etish mumkin.

  • Tabiiy material - bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun asosiy tayanch hisoblanadi. O’quvchilarga o’yinchoq va buyumlar yasashda ulardan qanday foydalanishni o’rgatish zarur. Shu maqsadda tabiiy materiallar burchagi tashkil etiladi. Tabiiy materiallar burchagini sinfxonada, uyda tashkil etish mumkin.
  • Tabiiy materiallardan buyum va o’yinchoqlarni tayyorlash - qiziqarli, oddiy bo’lmagan va juda yoqimli mehnatdir. Tabiiy materiallarni to’plash, saqlash va ularga ishlov berish tabiatshunoslik darslarida egallangan bilimlarni qo’llash hamda uiarni mustahkamlash imkonini beradi. O’quvchilar tabiatdagi ekskursiyalar vaqtida turli xil tabiiy materiallar, masalan: yong’oqlar, barglar, shoxchalarni, ko’l, hovuz qirg’oqlaridan - chiroyli toshchalar, chig’anoqlarni olib kelishadi. O’quvchilar tabiiy to’plash jarayonida turli materiallarni teradilar, ushlab ko’radilar, shaklini, rangini, har birining xususiyatini o’rganadilar. Bu esa materiallarning nomini eslab qolishga yordam beradi. Masalan, bolalar yong’oqning yumaloqligini, jigarrang ekanligini, ustki qismi g’adir-budur ekanligini bilib oladilar, cho’chqa yong’og’ini esa oval shaklda, yaltiroq sariq-jigarrang bo’lishini bilib oladilar.
  • Tabiat bilan bo’lgan muloqot bolalarning tasavvurini kengaytiradi, diqqat bilan kuzatish qobiliyatini shakllantiradi, tabiiy materiallardan buyumlar yaratishda idrok va tasawurning bir butunligini saqlaydi. Buyumlarni yasashda o’quvchilar avval qiynalsalar, keyinchalik, uzluksiz mehnat natijasida bolaning o’ziga ishonch, aniqlik, qoniqish va xohish kabi sifatlarga ega bo’ladi va barmoqlari epchil harakat qiladi.
  • Tabiiy materiallar bilan ishlash bolaning aqliy rivojlanishiga, tafakkuri va fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga katta ta’sir qiladi. Tabiiy materialdan buyum tayyorlash jarayonini kuzatadigan bo’lsak, boshida bolalar namunani ko’rib chiqadilar, uning tarkibini, tayyorlash usulini tahlil qiladilar; bu jarayonni o’zlashtirgandan so’ng ish murakkablashadi. O’quvchiga tayyorlanadigan o’yinchoqning rasmi yoki foto surati ko’rsatiladi va ular topshiriq yoki o’zining o’ylagan fikri asosida buyumni yasaydilar.
  • O’yinchoqlarni tabiiy materiallardan tayyorlashning qiziqarliligi bolalarning diqqatini rivojlantiradi, uning mustahkamligini oshiradi. Erkin diqqat shakllanadi. Masalan, kuchukchani tayyorlashda bolalarga awal uning oyoqchalarini mahkamlash joylarini diqqat bilan ko’rib chiqib (ular simmetrik holda turishi, past ham, baland ham bo’lmasligi, haqiqiyga o’xshashi kerak) teshiklarini belgilash, boshi va boshqa detallarini mahkamlash joylarini ko’rib chiqish tavsiya etiladi.

Download 13.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling