Oqsillar yengil metallar (NaCl, MgSO4, ZnSO4) va ammoniy ((NH4)2SO4) tuzlari bilan cho`ktirilsa, hosil bo`lgan cho`kma suvda eriydi. Lekin oqsillarga og`ir metallarning (Fe, Pb, Hg) tuzlari ta`sir ettirilganda oqsil qaytmas tarzda ivib qoladi. Oqsillar qizdirilganda ham qaytmas jarayon sodir bo`ladi. Oqsillarning rangli reaksiyalari 1. Agar oqsilga (ishqoriy muhitdagi eritmasiga) suyultirilgan mis (II) sulfat eritmasi ta`sir ettirilsa, binafsha – ko`k rangli cho`kma hosil bo‟ladi. Bu reaksiya peptid bog`lar uchun Biuret reaksiyasi deyiladi. Bu mis (II) va polipeptidlar orasida kompleks hosil bo‟lishi bilan shartlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |