Tabiiy yuqori molekulyar birikmalar: uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalar


Birinchi dastlabki modda – glisin - hayvonlarning pay, teri, tuyoq kabi organizmlaridan tayyorlanadigan yelimni gidroliz qilib olinadi; ikkinchi dastlabki modda – alanin, uni har qanday oqsildan olish


Download 0.64 Mb.
bet14/24
Sana08.01.2022
Hajmi0.64 Mb.
#237699
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
TYMB

Birinchi dastlabki modda – glisin - hayvonlarning pay, teri, tuyoq kabi organizmlaridan tayyorlanadigan yelimni gidroliz qilib olinadi; ikkinchi dastlabki modda – alanin, uni har qanday oqsildan olish mumkin.

Oqsillarda hammasi bo`lib to`rt ko`rinishdagi strukturaviy tashkillik ajratiladi.

Birlamchi struktura - oqsillarda uzunasiga ketma-ket joylashgan aminokislotalar bo`g`inlaridan iborat polipeptid zanjirlar oqsil molekulasining birlamchi strukturasi deyiladi. α– oqsillarning birlamchi strukturasi.

Ikkilamchi struktura - oqsil molekulasining spiral shaklini eslatuvchi molekulaning har xil uchastkalarida – CO – NH – gruppalari orasida juda ko`p vodorod bog`lanishlar borligi tufayli oqsilning ikkilamchi strukturasi hosil bo`ladi. Oqsil molekulasining ana shunday spiral shakli (strukturasi) osilning ikkilamchi struktuasi deyiladi.

Uchlamchi fazoviy struktura - fazoda polipeptid zanjiri koptok o`ramiga o‟ralgan fazoviy konfiguratsiya oqsilning uchlamchi strukturasi deyiladi. Uchlamchi struktura polipeptid zanjiridagi funksional gruppalarning har xil ta`sirlashuvlari bilan bog`liq. Masalan: oltingugurt atomlari orasida disulfid (- S – S- ) ko`prik karboksil gruppa bilan gidroksil gruppa orasida murakkab efir ko`prik, karboksil gruppa bilan aminogruppa orasida tuz ko`prik hosil bo`ladi.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling