Tabiiyot-geografiya fakulteti


Download 0.59 Mb.
bet2/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#185048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

.
SO`Z BOSHI
Hozirgi kunda ta`lim sohasida Prezidentimiz tashabbusi bilan Davlatimizda olib borilyotgan barcha ishlarning maqsadi Vatanimizning kelajagi bo`lgan barkamol avlodga ta`lim-tarbiya berish jarayonini zamonaviy talablar darajasiga olib chiqish, ularni mustaqil fikrlashga, bilim olishga, ajdodlarimizning boy ilmiy, ma`naviy-ma`rifiy merosini qadrlashga o`rgatish hamda ta`limning uzliksizligini ta`minlashdan iboratdir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov takidlab o`tganidek “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim-tarbiya olishiga bog`liq” .

Ta`lim tizimida zamonaviy va axborot texnologiyalardan foydalanish, farzandlarimizning mustaqil fikrlash, bilim olish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ta`lim sohasi vakillarining oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Barcha o`quv predmetlar qatori biologiya fani asosida puxta va samarali o`zlashtirishda interfaol usllublarning o`rni katta. O`quvchilarning berilgan mavzular mazmunini tushunishi, unda aks etgan biologik tushunchalar, qonunlar, hodisalar misolida daliliy ma`lumotlarni o`zlashtirishi o`qitishning innovatsion metodlari yordamida amalga oshiriladi. Bularning barchasi talab darajasida bo`lishi uchun bugungi kunda biologiya ta`limida ham interfaol texnologiyalardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Shuning uchun bitiruv malakaviy ishi “Biologiya fanini o`qitishda interfaol uslublardan foydalanish” deb nomlandi. Quyida havola etilayotgan ishda biologiya ta`limiga mos interfaol uslublar va ulardan o`quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling