Tabiiyot-geografiya fakulteti


Didaktik o`yinli mashg`ulotlarning o`ziga xos xususiyatlari


Download 0.59 Mb.
bet27/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#185048
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

Didaktik o`yinli mashg`ulotlarning o`ziga xos xususiyatlari


Didaktik o`yinli mashg`ulotlar

Mavzu mazmuni qanday bo`lganda mazkur mashg`ulotdan foydalaniladi.

Mashg`ulotlarning didaktik funksiyalari.

O`quvchining faoliyati


Syujetli-rolli

Fanning turli soxalarida qo`lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlararo bog`lanishlarni amalga oshirish, tabiatdagi vakundalik hayotdagi muammolarni hal etish imkoniyati bo`lganda.

Kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat obektlari va tabiy xodisalar o`rtasidagi aloqalar bog`lanishlarni adabiy-badiy tarzda yoritish.

Muayyan rollarni bajarish orqali bilim, ko`nikmalarni egallash.

Ijodiy o`yinlar

Avval o`zlashtirilgan bilm va ko`nikmalarni rivojlantirish imkoniyati bo`lganda.

Muammoli vaziyatlarni avval o`zlashtirilgan bilm va ko`nikmalarni ijodiy qo`llash orqali hal etish.

Ijodiy izlanish orqali yangi mavzuni o`zlashtirish.

Ishbilarmon

lar o`yini auksion




Turli obektlarga tavsif berish, ularni taqqoslash imkoniyati bo`lganda

Jamiatdagi ishtimoiy-iqtisodiy munosabatlar asosida o`quvchilarning dunyo qarashini kengaytirish, kasbga yo`llash

Auksonda ishtirok etish orqali yangi mavzuni o`zlashtirish.

Konferensi

ya


Fanning turli sohalariga oid bilimlar mujassamlashgan va qo`lga kiritilgan yutuqlarni yoritish, fanlar aro bog`lanishlarni amalga oshirish imkoniyati bo`lganda.

Qo`shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash,yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, kasbga yo`llash

“Olimlar” maqomini olib, muayyan mavzularda izlanishlar olib borish

Matbuot-konferensiy

asi


Fanning turli sohalarini qamrab olgan, o`quvchilarning avval o`zlashtirgan bilimlaridan foydalanish lozim bo`lganda.

Qo`shimcha va mahalliy materiallar bilan tanishtirish, darslik, ilmiy – ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash

“Olimlar” va “muxbirlar” maqomini olib mavzuni o`zlashtirish

Quyida fanning o`qitish jarayonida foydalanish mumkin bo`lgan o`yinlardan bir nechtasining umumiy loyihasini keltiramiz.

Vitaminlar mavzusini so`rash jarayonida rolli o`yin texnologiyasidan foydalanish mumkin. O`qituvchi sinfni 2 ta guruhga ajratadi. 1-guruh: “Bemorlar”, 2-guruh: “Shifokorlar”. Shundan so`ng o`qituvchi “Bemorlar” guruhidan bir o`quvchiga sekingina unda qaysi vitamin yetishmasligini aytadi. Bemor o`quvchi unda yetishmaydigan vitaminni eshitgach: shu vitamin yetishmagan taqdirda insonda qanday kasallik belgilari paydo bo`lishini esga olishi va shu belgilarni o`zida paydo bo`lganligini 2-guruhdagi o`qituvchi tanlagan o`quvchiga aytishi kerak. Shifokor uni diqqat bilan tinglab, bemorga tashxis qo`yishi ya`ni unda qaysi vitamin yetishmasligini aniq aytib, uni davolash uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste`mol qilishi kerakligini aytadi. Ko`rinib turibdiki, bemor rolidagi o`quvchi ham shifokor rolidagi o`quvchi ham mavzuni chuqur bilmasdan turib o`z rolini bajara olmaydi. Rolli o`yin davomida shunday hol bo`lgan taqdirda bu o`quvchi shu guruhdagi boshqa o`quvchi bilan almashtiriladi. Albatta, bu guruh o`rnini belgilashda salbiy ta`sir ko`rsatadi. O`yin mavzu doirasida rejalashtirilgan savollar tugaguniga qadar davom etadi.

Jumboq ko`chasi” o`yini.

Mio... d – eshitish a`zosida nuqson bo`lgan odamlarga nisbatan qo`llaniladigan atama, yurakning o`rta qismi (Miokard – “kar”).

En... rd – bog`lov materiali, yurakning ichki epiteliy qavati (Endokard – “doka”)

Qor... cha – jonivorlarning, qushlarning yashash joyi, yurak kamerasi

(qorincha – “in”)

Dias... a – yuksak o`simliklarni nomlashda ishlatiladi, yurakning kengayishi (Diastola – “tol”)

Av... iyasi – pomidordan tayyorlanadigan quyuq ozuqa, yurakning ma`lum vaqt davomida kengayib ishlab turishi (Avtomatiyasi – “tomat”)

Davom ettiring” o`yini

Bu o`yinda 3 ta o`quvchi qatnashib, uning biri hakamlik vazifasini bajaradi. O`quvchilar o`yinni umurtqasiz hayvonlar yoki umurtqali hayvonlarning ayrim sinflari bo`yicha o`tkazishlari tavsiya etiladi. O`yinning bu variantida o`yin aytilgan hayvon nomining oxirgi harfi bilan boshlanadigan hayvon nomini aytish yo`li bilan olib boriladi. Ushbu o`yinda hakamning qarori bo`yicha 1-o`quvchi yengilgan hisoblanadi. Chunki, u “I” bilan boshlangan umurtqasiz hayvonning nomini topa olmadi.


1-o`quvchi

2-o`quvchi

Volvoks

Rishta


Askarida

Infuzoriya



Soliter

Amyoba


Asalari

Yaydoqchi



Umurtqali hayvonlar bilan o`yin o`ynashda “K“ harfi bilan boshlanadigan hayvonlarni (masalan, sut emizuvchilarning vakillarini) o`quvchilar navbatma-navbat aytadilar.

“K” harfi bilan boshlanadigan sut emizuvchilar



1-o`quvchi

2-o`quvchi

Kalamush

Kashalot


Kiyik

Kit


Ko`rshapalak

Kabarga


Kaputsin

Karaganka

Kengru

Kirpi


Ko`rsichqon

Bu o`yinda hakam 2-o`quvchini yengilgan deb topadi, chunki u “K” harfi bilan boshlangan navbatdagi sut emizuvchi hayvonning nomini ayta olmadi.

Bilag`onlar” o`yini

1. Kapalakdek qush? - (Kolibr – uning 500-600 tasi 1 kg bo`ladi)

2. Mitti polvon? - (Ari - 52, asalari – 24, pasallus qo`ng`izi – 850 hissa katta yukni ko`tarib yurishi mumkin.

3. Bahor malikasi? – (Lola)

4. Orqasi va yoniga uchuvchi qush? - (Kolibr)

5. Hayvonlar necha yil yashaydi?

a) mox (10 yil) b) dub (2500 yil) v) nok (300 yil) g) olma (200 yil)

d) uy tovuqlari (30 yil) e) ot (60 yil) j) maymun (50 yil)

Quyida didaktik o`yinlardan ba`zilari namuna sifatida berilmoqda.

Kim chaqqon” o`yini.


  1. O`quvchilarga tez va xatosiz ravishda «O», «A»,«I» yoki boshqa xarflari bor bo`lgan o`simlik nomlarini yozish topshiriladi. Masalan: terak, atirgul, andiz, ebalak, na`matak, nastarin, olma va x. k. Belgilangan vaqt ichida eng ko`p o`simlik nomini yozgan o`quvchiga rag`bat beriladi.

  2. O`quvchi diqqat-e`tiborini bir fikrdan boshqasiga tez o`tkaza olishini mashq qildirish uchun ushbu mashqning vazifasini bir oz o`zgartirish mumkin. O`quvchilarga tez va xatosiz ravishda avval «O», keyin «A», so`ngra «I» xarflari bor bo`lgan o`simlik nomlarini ketma ket yozish topshiriladi.

Masalan: olma, atirgul, andiz, olcha, nastarin, ebalak, olxo` ri, izen, na`matak, oqquray, pista va x. k.

  1. O`quvchilarga bosh h arfi alfavit bo`yicha boshlanuvchi o`simlik nomlarini yozish topshiriladi.

Masalan: anor, behi, do`lana, ebalak, funariya, gilos, xandalak, izen, jo`xori, kaktus, lola, mingdevona, nok, olma, pista, qirqquloq va x. k.

  1. O`quvchilarga tez va xatosiz ravishda daraxt, buta, bir yillik o`t, ko`p yillik o`tlar nomlarini yozish topshiriladi.

  2. O`quvchilarga tez va xatosiz ravishda madaniy yoki yovvoyi o`simlik nomlarini yozish topshiriladi. Bu mashq yordamida o`quvchilarda maqsadni aniq va puxta tushungan holda avtomatizm darajasiga yetkazilgan hatti-harakat faoliyatini shakllantirish mumkin.

Kuzatuvchailik mashqi”.

O`qituvchi o`quvchilarga bir yoki ikkita o`simlikning rasmini ko`rsatadi. O`quvchilar xotiralarida saqlanib qolgan belgilarni daftarga yozadilar. 5-sinf o`quvchilari o`simlikning nomini, hayotiy shaklini, ildiz turini, o`t yoki yog`och poya ekanligini, poyasining fazoda joylashuviga ko`ra turini, bargining oddiy yoki murakkab tuzilishi, ko`payish usuli kabi belgilarini yozadilar.

6-sinf o`quvchilari esa yuqorida berilganlarga qo`shimcha yuksak yoki tuban o`simlik, bo`limi, sinfi, oilasi, gul tuzilishi, mevasining turi, yashash joyi va boshqalarni yozadilar. Eng ko`p va to`g`ri javob bergan o`quvchiga rag`bat beriladi. Bu mashq yordamida o`quvchilarning diqqati, ko`rganini eslab qolish qobiliyati – ko`z xotirasi ortib boradi.

Korrektura” mashqi.

O`quvchiga qog`ozda yozilgan matn beriladi, o`quvchi matndagi xatoliklarni aniqlab tagiga chizadi.

Masalan: Qirqbo`g`im ildizpoyali bir yillik o`t o`simlik bo`lib, poyasi serqirra, bo`g`imlarga bo`linmagan. Barglari yirik, poyada kegma-ket o`rnashgan. Har bahorda dala qirqbo`g`imining ildizpoyasidagi kurtaklardan jigarrang shoxlanmagan poya o`sib chiqadi. Uning uchida spora beruvchi ikkita boshoq yetiladi. Spora beruvchi boshoqlarda yetilgan sporalar faqat suv yordamida tarqaladi.

Bunday mashqlar 2-3 ta o`quvchi yoki o`quvchilar guruhlari o`rtasida musobaqa tarzida o`tkazilishi mumkin.



Umumiy tushunchalarni aniqlash”

Umumlashtiruvchi so`z bilan mantiqiy bog`liq bo`lgan so`zlarni aniqlang va tagiga chizing.



  1. Qirqbo`g`im (urug`, ildizpoya, ko`p yillik o`t, buta, spora, arxegoniy, urug`kurtak, endosperm, anteridiy, zigota, spora beruvchi boshoq, sorus).

  1. Gul (urug`chi, changchi, gulkosa, murtak, endosperm, gultoj, gulqo`rg`on, urug`).

  1. Quruq meva (don, qovoq, danakli, qo`zoq, ko`sak, dukkak, yong`oq, rezavor).

  2. Bakteriya (kokk, batsilla, koloniya, mitseliy, spora, gommoz, vertitsill, gifa, sporangiy).

  3. Mitseliy (bakteriya, zamburug`, gifa, gommoz, vertitsill, penisill, qo`ziqorin, kokk, achitqi, mevatana, vilt, lishaynik).

Tegishli bo`lmagan tushunchani ro`yxatdan o`chir”

Berilgan so`z va atamalar orasidan boshqalariga tegishli bo`lmagan ortiqcha so`zni toping va tagiga chizing.



  1. Laminariya, ildiz, tallom, xromatofor, rizoid, tuban o`simlik.

  1. Qirqquloq, ildizpoya, ildizmeva, spora, sorus, arxegoniy.

  1. Urug`chi, changchi, gultoj, gulkosa, endosperm, urug`kurtak.

  2. Sabzi, turp, rediska, kartoshka, lavlagi, sholg`om.

  3. Kungaboqar, g`o`za, o`rik, bodom, yong`oq, makkajo`xori.

Xatoni tuzat”.

O`quvchilarga varaqda mavzuga doir qisqa matn beriladi. Matnda bir nechta xatoliklar bor. O`quvchi shu xatolarni tuzatishi lozim. Bunday mashqlar o`quvchilarni darslikda berilgan mavzularni diqqat bilan o`qishga, xotirasida saqlashga o`rgatadi.

Botanik lug`at” mashqi.

O`qituvchi doskaga bitta harf yozadi. O`quvchilar daftarlariga shu harf bilan boshlanuvchi atamalarni, o`simlik nomlarini yozadilar.

Domino” mashqi.

Doskaga ikki o`quvchi chaqiriladi. Ulardan biri doskaga biror biologik atamani yozadi. Ikkinchi o`quvchi atama qaysi harf bilan tugagan bo`lsa shu harf bilan boshlanuvchi boshqa atamani yozadi. O`yin shu tarzda davom etadi. Masalan: Fotosintez - ziravor - rangli plastida - abiotik omil - lalmi ekin - namlik - kokk va x. k.

Domino o`yini o`simliklar nomlari bilan ham o`tkazilishi mumkin. Masalan: zira - arpa - angishvonagul - lola - anor - raffleziya - yalpiz- zubturum va h. k.

Eslab qol” mashqi.

O`qituvchi 20-30 ta o`simlik nomlarini aytadi. O`quvchilar daftarlariga xotiralarida saqlanib qolgan o`simliklarning nomlarini yozadilar.



Eslab qol va to`ldir” mashqi.

O`qituvchi 20-30 ta o`simlik nomlarini aytadi. O`quvchilar daftarlariga xotiralarida saqlanib qolgan o`simliklarning nomlarini va ularning oilasini

(hayotiy shaklini, poyasining turini, barg turini, to`pgulini, meva turini) yozadilar.

O`xshashlik va farqlar”.

O`quvchilarga ikkita o`simlikning rasmi beriladi. Ular Venn diagrammasi tarzida shu o`simliklarning o`xshashlik va farqlarini yozadilar. Masalan: ituzum va na`matak.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling