Tabiiyot-geografiya fakulteti


"Zinama-zina” texnologiyasi. O`quv jarayonini loyihalash


Download 0.59 Mb.
bet29/46
Sana02.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#185048
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
Bog'liq
BIOLOGIYA FANINI O`QITISHDA INTERFAOL USLUBLARDAN FOYDALANISH

"Zinama-zina” texnologiyasi. O`quv jarayonini loyihalash.

Tinglovchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo`lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o`z fikri bilan ta`sir eta olishga, uni ma`qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo`llay olishga o`rgatish.

Hujayra organoidlari (rolli o`yin).

Mashg`ulotning maqsadi: Hujayra organoidlari tuzilishi va funksiyasi, ularni o`zaro aloqasi haqidagi bilimlarni yanada chuqurlashtirish, qayta tiklash va rivojlantirish.

Mashg`ulotning borishi: birinchi qism savol-javob, ikkinchi qism hujayra organoidlarining o`z hayot faoliyati haqida aytishuvi, xulosalash.

Mashg`ulot jihozlari: hujayra hayot faoliyatini tasvirlovchi rasm­lar, manglayqoshlar, hujayra organoidlarini aks ettiruvchi rasmlar.

O`yin oldingi mashg`ulotlar paytida yozdirilgan savollarni muhokama qilishdan boshlandi. Uni «Mavzulararo o`yin» tarzida olib boriladi.

Buning uchun hujayra qobig`i, sitoplazma, endoplazmatik to`r, Golji maj­muasi, ribosoma, mitoxondriya, lizosoma, hujayra markazi, yadro rollarini ijro etuvchilar uchun qog`ozdan manglayqosh tayyorlanadi.

Manglayqoshda qaysi tinglovchi qanday organoid rolini bajarayotgan o`quvchi bo`lsa, shu organoid nomi yoziladi. Ularni 9 ta o`quvchi boshlariga kiyib olib, o`z rollarini bajarishga kirishishadi.

Birinchi bo`lib doskaga ho`jayra qobig`i rolidagi chiqadi va u:

- Men hujayra qobig`i bo`laman. Men haqimda nimalarni bilasizlar? - deb savol beradi.

- Hujayra qobig`i qanday tuzilgan, hayvon va o`simlik hujayralari bir-biridan qanday farq qiladi, glikokaliks nima, plazmatik membaran nima, fatositoz va pinositoz haqida nimalarni bilasiz?

Ikkinchi bo`lib doskaga sitoplazma rolidagi o`quvchi chiqadi va o`zini tanishtirib savol beradi:

- Sitoplazma hujayraning qanday muhitini tashkil etadi, unda qanday organoidlar joylashgan, u qanday funksiyani bajaradi?

Shundan keyin doskaga yadro rolidagi o`quvchi chiqadi, u ham o`zini tanishtirib, savollar beradi:

- Yadro qanday tuzilgan, bo`linmagan yadroga qanday qismlar ajratiladi, ular qanday tuzilgan, xromasomalar interfazada qanday holatda bo`ladi?

Endoplazmatik to`r rolidagi o`quvchi o`zini tanishtiradi va savollar beradi:

- Endoplazmatik to`r qachon kashf qilingan, u qanday tuzilishga ega va qanday vazifalarni bajaradi? Ribosoma rolidagi o`quvchi: ­Ribosomalar qanday tuzilgan, tarkibida nimalar bor, necha xil ko`rinishda bo`ladi, poliribosoma nima?

Mitoxondriya rolidagi o`quvchi:

- Mitoxondriyalar qanday shakllarga ega, tuzilishini va qanday funksiyalarni bajarishini so`raydi. Golji majmuasi rolini bajaruvchi tinglovchi:

- Golji majmuasi kimning nomi bilan atalgan, uning tuzilishi qanaqa, qanday funksiyalarni bajaradi?

Hujayra markazi rolidagi o`quvchi chiqib:

- Hujayra markazi nima, sentroil haqida nimalar bilasiz, uning tuzilishi qanday, nima vazifani bajaradi? Qolgan o`quvchilar qo`yilgan savollarga javob berishadi. Shundan so`ng doska yoniga hujayra orga­noidlari rolini ijro etuvchilar, ya`ni hujayra qobig`i, sitoplazma, ep­doplazmatik to`r, ribosoma, mitoxondriya, Golji majmuasi, lizoso­ma, yadro va hujayra markazi chiqib o`zaro suhbat qilishadi.

Birinchi «Endoplazmatik to`r» so`z oladi:

- Hoy, menga qaranglar. Organoidlar ichida eng keraklisi menman, chunki men barcha hayvon va o`simlik hujayralarida uchray­man. Biz «Hasan - Husanlarmiz, birimiz silliq, birimiz donadormiz. Biz bir qancha funksiyalarni bajaramiz. Biz bo`lmasak senlar yashay olmaysanlar.

Ribosoma:

- Menga qara Endoplazmatik to`rjon, buncha taltayma, men sendan kam ish bajarmayman. Men ham barcha organizmlar hujayralarida topilganman. Men faqat sening tarkibingda emas, erkin holda ham uchrayman, mening tarkibimga hujayra hayotida muhim rol o`ynovchi oqsil va RNK kiradi, men oqsil sintezi funksiyasini bajaraman. Bu jarayon juda murakkab, uni ko`plashib amalga oshiramiz, bizning bu guruhimizni «Polisoma» deb atashadi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling