Ituzum
|
O`xshashligi
|
Na`matak
|
Ituzumdoshlar oilasi Hayotiy shakli - bir yillik o`t, poyasi silliq. Barglari oddiy, yonbargchasiz Gajak to`pgul hosil qiladi. Gullari mayda. Oq rangda GK5GT5CH„U„
Mevasi rezavor. Bahordan to kech kuzgacha gullaydi.
|
Yopiq urug`lilar bo`limi, ikki urug`pallalilar sinfiga mansub. Ildizi o`q ildiz, poyasi tik o`suvchi, bargi poyada ketma- ket o`rnashgan. Gulqo`rg`oni murakkab, urug`chisi ko`p urug`kurtakli, xashoratlar yordamida changlanadi.
Mevasi soxta xo`l meva, dorivor, vitaminga boy.
|
Ra`nodoshlar oilasi. Hayotiy shakli – buta. Poyasi sershox, tikanli. Poyasi yog`ochlashgan Bargi murakkab-tok patsimon, yonbargchali. Gullari yakka, yirik, pushti rangli. GK(5)GT(5)CH5U.
Iyunda gullaydi.
Guli nektarsiz.
|
“Blits-so`rov”, “Raqamli diktant” texnologiyasidan biologiya darslarida foydalanish
“Blits” texnologiyasi pedagogikada tezkor, bir zumlik ma`nosida ishlatiladi. Unda savolning qisqaligi va javobning qisqaligi muhim o`rin egallaydi. Bu texnologiyada o`quvchilarga o`rganilgan butun mavzu va uning ma`lum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari bo`yicha tuzilgan savollarga javob (og`zaki, yozma, jadval, diagramma) ko`rinishida taklif etiladi.
Texnologiya o`quvchilarni mantiqiy fikrlashga, kerakli ma`lumotlarni tanlab olishni o`rgatishga asoslangan. Unda o`quvchi o`z fikrini boshqalarga o`tkaza oladi. Chunki texnologiya shunga sharoit yaratadi.
“Tushunchalar tahlili” uslubi. Tinglovchilarni mashg`ulotda o`tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu bo`yicha tayanch tushunchalarni o`zlashtirib olinganlik darajalarini aniqlash, o`z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o`zlarining bilim darajalarini baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, safdoshlarining fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek, o`z bilimlarini bir tizimga keltira olishga o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |