Tabiiyot-geografiya fakulteti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari
Sariq dronga. Kechki sariq deb ham nomlanadi. Tez o’sadi, barglari yirik,
mevalari 5 gr, toza sariq hech qanday dog’lar yo’q. Tuproq tanlamaydi, yer osti suvlariga chidamli, bahorgi va qishki sovuqqa chidamli. Bu nav deyarli kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanmaydi. Qushlar ham kam zarar keltiradi. 30 yoshli daraxt 200 kg hosil beradi. Barglarini 15 noyabrdan boshlab to’ka boshlaydi. Vegetatsiya davri 258 kun. Gullash davri 3 – 17 aprel orasida. Anjir navlari Sariq denay. Anjir mevalari yetilgach 3 kun saqlanadi. Sho’r suvli tuproqlarda yashay olmaydi. Sovuqqa, shamolga chidamsiz. Deyarli barcha anjir navlari singari anjir parvonasi, cherves qurti bilan zararlanadi. Serhosil nav 25 – 30 kg meva yetilishi mumkin. Tez hosilga kiradi. Vegetatsiya mart oxiridan boshlanadi, mevalari 2 – 4 kunda yetiladi. Quritilishi mumkin. Tarkibida 65% shakar mavjud. Kadota O’rta Yer dengizidan kelib chiqqan. Buta o’rtacha kattalikda. Bahor, yoz oylarida gullash boshlanadi. Gullari juda ko’p, mevasi 30 – 40 gr bo’ladi, qand miqdori 23 – 24 %. Sovuqqa chidamliligi yuqori emas. Shamol va garmselga chidamli. Zararkunanda va kasalliklarga chidamsiz. 2 – 3 yoshidan meva beradi, 25 – 30 kg hosil beradi.
Qishki sovuq va shamollarga, zararkunandalarga chidamsiz. Qora anjir. Mevasi 30 gr, meva eti kuchsiz qovurg’ali, yaltiroq. Butalar qurg’oqchilikka chidamli. Yilda 15 marta hosil yig’ish mumkin. Chunki mevalar birin – ketin etiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling