Tabiiyot-geografiya fakulteti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/47
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#239948
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari

Gilos navlari. 

Veyxsel  Ostgeym  griyoti  deb  ham  nomlanadi.  Kelib  chiqishi  Ispaniya  bilan 

bog’liq. O’zbekistonda 1955 yildan beri ekib kelinadi. 15 yoshli daraxt bo’yi 4,8 

metrga  yetadi.  Barglari  35  x  70  dan  40  x  85  mm  gacha  bo’ladi.  Mevalari  3,4  gr 

yosh daraxtlar mevasi biroz yirik bo’ladi. Mevasi to’q qizil, sersuv, nordon shirin 

ta’mga ega. Meva bandi 30 – 40 mm bo’lib mevaga mustahkam birikkan. Bu nav 

kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli,  qurg’oqchilikka  chidamli.  Sovuqqa 

chidamli. Ildiz bachkisi orqali yaxshi ko’payadi. Hosildorligi yaxshi  10 – 12 yillik 

ko’chat  19  kg  hosil  beradi.  Qrimda  esa  90  kg  hosil  beradi.  Gullash    7  –  17 

aprelgacha boradi.  

Samarqand.  Bu  nav  mahalliy  hisoblanib,  Zarafshon  vodiysida  keng 

tarqalgan. Bo’yi o’rtacha 15 yilda 5 – 6 metrga yetadi. Barglari yirik, 4,5 sm, to’q 

– ko’k rangli. Mevalari 2 – 2,5 gr, bandi 4 – 5 sm, rangi to’q – qizil, yaltiroq, po’sti 

meva  etidan  oson  archiladi.  Nordon  –  shirin  ta’mli.  Soki  quyuq.  Sovuqqa 

chidamliligi  nisbatan  yuqori.  Qurg’oqchil,  tuprog’i  unumsiz  joyda  kam  hosil 

bo’ladi.  Turli  kasallik  va  zararkunandalarga  chidamli.  Garmseldan  barglari 

zararlanishi mumkin. Faqat  Farg’ona vodiysidagina gilos fimasi bilan zararlanadi. 



 

45 


Hosildorligi  5  yoshda  15  kg,  10  yoshda  50  kg  ga  yetishi  mumkin.  Aprelning 

birinchi yarmida gullaydi, tarkibida 45 % shakar bo’ladi.  



Bahor.  Daraxt  tanasi  tez  rivojlanadi,  10  yoshda  6,5  metrga  yetadi.  Barglari 

yirik,    mevasi  to’q  silliq,  gullari  yirik,  xushbo’y,  mevalari  8  –  8,5  gr.  Meva  eti 

po’stidan  oson  ajraladi.  Ta’mi  shirin  gul  kurtaklari  qishgi  va  bahorgi  sovuqqa, 

shamolga  chidamli.  Garmseldan  zarar  ko’rmaydi.  Turli  xil  kasalliklar  va 

zararkunandalarga chidamli. Gullash davri 5 – 20 IV cha. 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling