IV BOB. ZARARKUNANDALARNI MIQDORIY ZICHLIGINI
BOSHQARISHDA TABIIY KUSHANDALARNING ROLI
Tabiiy muvozanatni saqlab turishda zararli va foydali turlar muhim
ahamiyatga ega hisoblanadi. Hasharotlar ichida faqat zararli emas, balki foydali
turlar ham mavjud bo’lib, o’simlik zararkunandalari bilan oziqlanishadi. Biologik
kurashni yuzaga keltiradi. Bu borada yetti nuqtali xonqiz - Coccinella
septempunctota L. muhim o’rin tutadi. 6 – 8 mm kattalikdagi hasharot bo’lib,
qattiq qanotlarida 7 qora doirasimon dog’lari mavjud. Qo’ng’izlar yaxshi uchadi,
shiralar kalloniyasini tez topadi, oziqlanib, shu yerga sariq yaltiroq tuxumlarini
to’p – to’p qilib qo’yadi, mayda qora olti oyoqli lichinkalar ham shiralar bilan
oziqlanadi. Xonqizi kelgan joyda shiralar kalloniyasi yo’qoladi. Xonqizidan
tashqari Cocinella bipunctata L. ikki nuqtali xonqizini ham kiritish mumkin.
Xonqizidan biroz kichik 3 – 4 mm, miqdoriy zichligi kam.
Do'stlaringiz bilan baham: |