Tabiiyot-geografiya fakulteti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
Kaliforniya qolqondori – karantin zararkunandalar qatoriga kirib, 150 turdan
ortiq o’simliklarni zararlaydi. Mayda hasharotlar yuqorisidan zich qolqon bilan qoplangan. Qolqoniga qarab erkak va urg’ochi formani farqlash mumkin. Urg’ochi qolqoni yumaloq, biroz bo’rtgan, jigarrang – kulrang yoki to’q – kulrang diametri 1,5 yosh nihollarda bo’lsa 2 mm. Qolqon daraxt tanasi rangi bilan bir xil. Urg’ochi qolqonni o’rtasida 2 ta sarg’ish – jigarrang terisi bo’lib, ular lichinkalik davridagi linke qoldiqlari hisoblanadi. Ular atrofida oq tor chiziqcha bo’lib, turga xos xususiyat hisoblanadi. Agar qolqonni igna bilan hasharot tanasi yumaloq, sarg’ish – limon ranglarini ko’rishadi. Urg’ochi hayoti davomida harakatlanmaydi. Uni qanot, ko’z, oyoqlari rivojlanmagan bo’lib, faqat og’iz aparati kuchli rivojlangan. Erkak qolqoni urg’ochisiga nisbatan kichik, uzunligi 1mm kengligi 0,6 mm. erkak qolqoni daraxt tanasi va meva po’stiga juda o’xshash rangda bo’ladi. Erkak qolqondor tanasida bitta jigarrang linka po’sti u asosan qolqon chetiga yaqin joyda joylashgan bo’ladi. O’zining rivojlanishini tugatgach, erkak forma qolqondan chiqadi. Urg’ochidan farqli ravishda erkak formada juft qanot, ko’z, uzun bo’g’imlangan mo’ylov, 3 juft oyoq, tanasi ochiq bo’ladi. Kaliforniya qalqondori asosan ko’chatlarda joydan – joyga tarqalishi mumkin. Zararlangan mevada savdo yo’llari bilan ham tarqalish imkoniyatiga ega.
51
XULOSA
1. Tuproq tarkibini o’rgangan holatda navlarini ommalashtirish. 2. Zararkunandalarga chidamli navlarni ekish. 3. Vodiy sharoitida mevali
bog’larda nematodalarning 2, bo’gimoyoqlilarning 6, hasharotlarning 80 turi zarar keltiradi. 4. Zararkunandalarning ozuqa spektri aniqlanganda olmada 30 tur hasharotlar, nokda 20 tur hasharotlar zarar keltirishi aniqlandi. 5. Olma va nokda teng tarqalgan zararkunandalar aniqlandi. 6. Kuchli zarar keltiruvchi turlarning o’simliklardagi zararlilik darajalari aniqlanib, ularni turli xil navlardagi ko’rsatkichi qiyosiy o’rganildi. 7. Kuchli zarar keltiruvchi turlardan: qizil olma kanasi, nok gall kanasi, olma va nok medinisasi, sariq nok qalqondori, olma sharsimon qalqondori aniqlandi. 8. Zararkunandalarning uchrash chastotasi ball sistemasida baholandai. 9. Bog’ - mevali daraxtlari ichida olma, nok zararkunandalar bilan ko’p zararlanishi aniqlandi. 10.
Tadqiqot davomida bajarilgan ishlar natijalari, zararkunanda turlarining biologiyasi, ekologiyasi zarar keltirishi xususiyatlari ilmiy manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling