Olxo’ri mevaxo’ri – Laspeyresia funebrana Tr.
Kichik qanotlarni yozganda 14 – 16 mm, tungi kapalak, to’q – jigarrangda,
old qanotlarida ko’pincha aniq bo’lmagan to’lqinsimon chiziqni ko’rish mumkin.
Qurtlari 10 – 14 mm, pushti, qizg’ch, boshi to’q jigarrang, asosan olxo’ri, olcha,
o’rik mevalarini kemirib zararlaydi. Yirik qurtlik davrida qishlaydi.
Barg o’rovchi nok shirasi – Yerabura reaumuri Mordw.
Shiralar 2- 2,5 mm kattalikda, to’q yashil yoki sarg’ish yashil rangda bo’lib,
oq g’ubor bilan qoplangan. Biologiyasi yashil olmaniki singari. Nok novdalariga
tarqalgan shira juda tez tarqaladi, shox yoki bargning uchki qismini tez qoplab
oladi. Juda ko’p chiqindi mahsulotlari chiqarib, novdalarni ifloslanishi tufayli,
shira yomg’rlari vujudga keladi. Barg – o’rovchi shira bargni markaziy qismidan
boshlab buray boshlaydi. Buralgan joyda lichinka po’stlari va chiqindilari qoladi.
Kuchli zararlangan po’stlarda hosil yo’qolib, meva beruvchi kurtaklar hosil
bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |