35
Nokni zararlaydi. Kulrang – qo’ng’ir, 3 mm kattalikda, voyaga yetgan
formalar to’ngaklar yoki tuproq ustidagi to’shama barglar ustida qishlaydi.
Bahorda ular daraxtga chiqib kurtaklar suyiqligi bilan oziqlanadi. Urg’ochilari
qo’ygan tuxumda lichinkalar chiqadi. Tuxumlarini barg kurtaklar yozilgach,
bargning asosiy tomiriga qo’yadi. Lichinkalar o’zlarida shaffof tiniq suyuqlik
chiqaradi. Ma’lum bir vaqtdan keyin suyuqlik lichinka tanasini to’la qoplab oladi
va tashqi muhitda himoya qiladi. Ayrim vaqtlarda bu shira barg, novda yuzini
qoplab, yerga ham yomg’ir singari yog’ishi mumkin. Shiralar bilan ifloslangan
mevalar yuzasida turli xil zamburug’lar kolloniyasi rivojlanadi, natijada mevalar
yetilmasidan, mayda, sifatsiz xolatga keladi. Barg va novdalar qurib, daraxtlar
o’smasdan orqada qoladi, hosil bermay qo’yadi, sovuqqa chidamsiz bo’lib qoladi.
Nok barg burgasi yil davomida 4 – 5 marta avlod beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: