Tabiiyot-geografiya fakulteti
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari
Izobil behi navi. Izobil yoki nordon deb nomlanadi. Kelib chiqishi Buxoro,
Samarqand viloyatlaridan. Yuqori hosil beradi. Daraxt balandligi 5 – 6 metr. Barglari o’rtacha kattalikda. Mevalari 200 – 250 gr, yosh daraxtlarda 400 gr bo’ladi kasallik va zararkunandalarga chidamli. 2 – 3 yoshdan hosil beradi. 6 – 8 yoshda 20 – 35 kg hosil beradi. Kech gullaydi. Hosil IX – X ning birinchi dekadasida yig’ib olinadi. Qo’shimcha 15 – 20 kunda yetiladi. Shaftoli Oq shaftoli O’zbekistonning mahalliy navi. Daraxt tez o’sadi, 8 yoshda 5 metrga etadi. Barglari 10 – 12 sm, mevasi 100 – 110 gr, meva rangi tiniq oq, po’sti yaxshi archiladi. Meva eti oq, sersuv, nordon – shirin o’ziga xos hidli. Danagi 5 – 6 gr. Tuproq tanlamaydi, zararkunandalarga chidamli, 3 yoshdan hosilga kiradi. 1 yilda 70 – 90 kg hosil beradi. 10 yoshdan boshlab hosildorlik 30 – 25 kg ga pastlay boshlaydi. Vegetatsiya davri 7 – 7,5 oy, mevalari 18 – 25 avgustdan pishib etiladi. Mevalar pishib etilishi bir xil emas. Saqlash muddati 2 – 3 kun. Sovuq qattiq bo’ladigan joylarga tavsiya etiladi. Apn nav Amerika seleksiyasi tomonidan chiqarilgan. Barglari 12 -13 sm uzunlikda, gul kurtaklari 12 – 15 mm kattalikda. Mevalari 85 – 100 gr, shaklsiz dumaloq, yetilgan mevalar shoxlarda yaxshi turadi. Meva eti tiniq sariq, danagi qizil. Tukli mevasi sersuv, tarkibida biroz kislota mavjudligi tufayli ta’mi o’ziga xos, po’sti qiyin archiladi. Sho’rxok va yer osti suvlari yaqin joylarda yaxshi rivojlanmaydi. 8 yoshdan qariy boshlaydi, hosildorlik 40 – 15 kg pasayadi. 6 – 7 44
yoshda 55 – 60 kg hosil beradi. Gullash davri martning o’rtalaridan boshlanadi. 20 iyuldan pisha boshlaydi. Qoqi hosil bo’lmaydi. Vatan mevalari 130 – 150 gr, 70 x 66 mm, sharsimon, meva bandi birikadigan joy keng, eti sariq tiniq, tukli, po’sti qiyin archiladi. Suvsiz joyda ta’mi, shakli o’zgaradi. Gul kurtaklari bahorgi sovuqdan zararlanadi. 3 yoshdan oshgandan keyin hosil beradi. 10 yoshdan 20 – 10, 6 – 9 ga 35 – 40 hosil beradi, 25 – 30 IX yetiladi. Qoqi qilish mumkin.
Barglari 13 – 15 sm uzinlikda, gullari mayda, och – pushti rangda, meva bandi 3 mm. mevalari 120 – 130 gr, 45 x 75 x 73 mm, tukli, sersuv, nordon – shirin ta’mli, hidi kuchli bo’ladi. Po’chog’i qiyin ajraladi. Tuproq tanlamaydi, shiralar zarariga chidamli. 15 – 20 oktyabrda barglarini to’kadi. Mevalari VIII oxirida yetiladi. Mevalar teng yetilmaydi. Tarkibida 10% shakar, 9% C vitamin bor. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling