Tabiiyot-geografiya fakulteti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/47
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#239948
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari

 Sariq  dronga.  Kechki  sariq  deb  ham  nomlanadi.  Tez  o’sadi,  barglari  yirik, 

mevalari 5 gr, toza sariq hech qanday dog’lar yo’q. Tuproq  tanlamaydi,  yer osti 

suvlariga chidamli, bahorgi va qishki sovuqqa chidamli. Bu nav deyarli kasalliklar 

va  zararkunandalar  bilan  zararlanmaydi.  Qushlar  ham  kam  zarar  keltiradi.  30 

yoshli  daraxt    200  kg  hosil  beradi.  Barglarini  15  noyabrdan  boshlab  to’ka 

boshlaydi. Vegetatsiya davri 258 kun. Gullash davri 3 – 17 aprel orasida.  



Anjir navlari 

Sariq  denay.  Anjir  mevalari  yetilgach  3  kun  saqlanadi.  Sho’r  suvli 

tuproqlarda  yashay  olmaydi.  Sovuqqa,  shamolga  chidamsiz.  Deyarli  barcha  anjir 

navlari singari  anjir parvonasi, cherves qurti bilan  zararlanadi.  Serhosil nav   25  – 

30  kg  meva  yetilishi  mumkin.  Tez  hosilga  kiradi.  Vegetatsiya  mart  oxiridan 

boshlanadi,  mevalari  2  –  4  kunda  yetiladi.  Quritilishi  mumkin.  Tarkibida  65% 

shakar mavjud.  



Kadota O’rta Yer dengizidan kelib chiqqan. Buta o’rtacha kattalikda. Bahor, 

yoz oylarida gullash boshlanadi. Gullari juda ko’p, mevasi 30 – 40 gr bo’ladi, qand 

miqdori    23  –  24  %.  Sovuqqa    chidamliligi  yuqori  emas.  Shamol  va  garmselga 

chidamli.  Zararkunanda  va  kasalliklarga  chidamsiz.  2  –  3  yoshidan  meva  beradi, 

25 – 30 kg hosil beradi. 

Sara anjir mahalliy nav, mevasi 40 – 55 gm, tarkibida  14 – 19% qand bor. 

Qishki sovuq va shamollarga, zararkunandalarga chidamsiz. 



Qora  anjir.  Mevasi  30  gr,  meva  eti  kuchsiz  qovurg’ali,  yaltiroq.  Butalar 

qurg’oqchilikka  chidamli.  Yilda  15  marta  hosil  yig’ish  mumkin.  Chunki  mevalar 

birin – ketin etiladi. 



 

46 



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling