Bog’liqli sirf – Syrphis ribesii. L.
Ikkiqanotli qora hasharot bo’lib, qorin qismida sariq bog’lovi bor. Pashshaga
nisbatan, ariga ko’proq o’xshaydi. Tana uzunligi 11 – 12 mm. urg’ochi forma
shiralar kalloniyasini topib shu yerga tuxum qo’yadi, tuxumdan sarg’ish – yashil
oyoqsiz lichinkalar chiqadi. Tashqi tomonidan zulklarga o’xshaydi. Lichinkalar
ochko’z bo’lib hayoti davomida 2000 dan ortiq shira bilan oziqlanadi.
Oltinko’zcha – chrysopa perla. L.
Nozik moviy – ko’k, tillarang ko’zli, uzun mo’ylo’vli, 4 ta tiniq qanotli
hasharot bo’lib. Tana uzunligi 12 – 15 mm yetadi. Sekin uchadi uzun poychaga
tuxumini donalab qo’yadi. Tuxumdan chiqan tukli 6 oyoqli lichinkalar o’tkir
jag’lari orqali shiralarni juda tez ovlashadi. Shiralarni so’rib faqat ustki qismini
qoldirishadi. Shiralar po’sti lichinka yelkasida to’planib, undan g’umbak hosil
qilishda foydalanadi. Voyaga yetgan formalar qishlaydi. Biror xavf sezsa
oltinko’zlar o’ziga xos sassiq hid chiqarib himoyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |