Tabiiyot-geografiya fakulteti
Hasharotlarning urchish usullari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirik tuqanida
- Partenogenez
Hasharotlarning urchish usullari. Hasharotlar har xil usulda urchiydi.
Ko’pchiligi tuxum qo’yadigan mavjudot hisoblanib, qo’yilgan tuxumlaridan lichinkalar chiqadi. Ayrim hasharotlar boshqacha usullarda: tirik tug’ish, partenogenez, pedogenez va poliembrioniya yo’li bilan ham ko’paya oladi. Tirik tuqanida murtakning embrional rivojlanishi ona tanasi ichida tugallanadi, shu boisdan tuxum o’rniga lichinka yoki g’umbak qo’yadi. Tirik tug’ish o’simlik shirlari, ba’zi suvaraklar, koksidlar, tripslar, qo’ng’izlar va pashshalarga xosdir. Partenogenez yoki erkak zotisiz urchish. Bu turdagi urchish tuxum qo’yadigan, tirik tug’adigan yoki pedogenez shaklida uchraydigan hasharotlar orasida bo’lishi mumkin. Bunday urchish ninachi va qandalalardan tashqari barcha turkumga xos hasharotlar orasida topilgan. Partenogenez turli shakllarda ifodalaniladi. Ayrim hasharotlarda otalanmagan tuxumlardan faqat erkak zot (buni arrenotokiya deyiladi), ayrimlarda esa – urg’ochi zot (telitokiya) yoki ikkalasi ham (amfitokiya) paydo bo’lishi mumkin. Partenogenez shartli, doimiy va davriy bo’lishi mumkin. Ayrim hasharotlarga partenogenezning muayyan shakllari xosdir. Masalan, asalari, ayrim pardaqanotli hasharotlar, koksid va tripslarda partenogenezning arrenotokiya ko’rinishi kuzatiladi, ya’ni otalanmagan tuxumlaridan faqat erkak zot uchib chiqadi. Shiralarda esa dayriv partenogenez mavjud, ya’ni mavsum mobaynida u faqat urg’ochi zot tug’adi, kuzda esa 15
arrenotokiya yoki amfitokiya sodir bo’lib, erkak va urg’ochi zotlar paydo bo’ladi. Urchish oqibatida qo’yilgan tuxumlar qishlab keyingi yil bo’g’inini boshlab berishadi. Hozirgi kunda joriy etilayotgan sun’iy partenogenez usullari qishloq xo’jaligik amaliyotida katta ahamiyat kesb etmoqda. Bunda foydali hasharotlar – entomofaglar (urg’ochilari) hamda ipak qurtining erkak zot kapalaklarini ko’paytirish imkoni yaratiladi (erkak kapalakning pillasi urg’ochisinikiga nisbatan yirik va qimmatli bo’ladi). Shuningdek zararli turlarga qarshi genetik usul asosida ham kurash olib borish mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling