Tabiiyot-geografiya fakulteti
II BOB MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari
II BOB MATERIAL VA TADQIQOT USLUBLARI
Ilmiy tadqiqot ishlariga Farg’ona vodiysining bog’dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarida 2012 – 2013 yillar davomida yig’ilgan materiallar, olib borilgan tadqiqot va kuzatish natijalari asos bo’ldi. Mevali bog’lar zararkunandalarining mavsumi rivojlanish, biolgiyasi va ekologiyasini o’rganishga oid kuzatish va amaliy tajribalar mevali daraxtlar jumladan, olma, nok, shaftoli, gilos, anjir o’simlik navlari o’sayotgan hududlarda olib borildi. Zararkunandalarning qishki tinim davrini o’rganish maqsadida kuzatish ishlari nafaqat vegetatsiya mavsumi, balki tinim davrida ham uzluksiz davom etirildi. Zararkunandalarni o’rganish umumiy qabul qilingan uslub bo’yicha, ya’ni ikkita diagonal bo’yicha daraxtning turli tomonga qaragan o’suv shoxlaridan o’n santimetr qirqib olinib undagi zararkunandalarni sanash orqali o’rganildi. Tekshiruvlar laboratoriya sharoitida aniqlagich orqali aniqlanib o’rganildi. Tekshirilayotgan navlardagi tabiiy kushandalar, ularning samaradorligi va miqdori, tur tarkibilari bo’yicha kuzatuv daftariga qayd etib borildi. Shiralarning ozuqa o’simliklarini aniqlash, ularning rivojlanishinio’ziga xos xususiyatlarini o’rganish uchun V. P. Nevskiy (1929 yil ) M. I. Narziqulov (1952 yil ) tomonidan ishlab – chiqarilgan va tavsiya etilgan uslublardan foydalanildi. Laboratoriya sharoitida tekinxo’r va yirtqichlarning samaradorlik darajasini aniqlash uchun labaratoriyada saqlash va boqish orqali o’rganildi. Shiralarning tur tarkibini o’rganishda (T.E.Osmoloskoye 1976 yil) (L.M.Kapasheva 1987 yil) hasharotlar aniqlagichlaridan foydalanildi. Yig’ilgan hasharotlar maxsus idishlarga spirt quyib saqlab qo’yildi. Kuzatuv daftariga zararkunanda to’g’risida to’la ma’lumot yozib qo’yildi. Sun’iy holatda tabiiy kushanda va fitofaglar o’rtasidagi bog’lanishlar o’rganildi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling