rangini o’zgartirib turadi. Yoz mavsumida kulrang - ko’k bo’lib, yon tomonida
kichik dog’lar bo’ladi, yoz oxiridan bahorgacha sarg’ish – qizil rangda bo’ladi.
Tuxumlari sharsimon dastlab tiniq yaltiroq yashil, keyinchalik o’ziga xos
dog’chali bo’ladi. Lichinkasi oltioyoqli, 0,13 – 0,14 mm kattalikda bo’ladi.
Nimfasi voyaga yetgan kanaga o’xshab 4 oyoqli, lekin hajmi kichikligi bilan
farqlanadi. Qishlovga faqat otalangan urg’ochi kiradi. Ular o’simlik qoldiqlari
27
quyuq o’rgamchak ipi to’qib shu yerga tuxum qo’yadi. Yozda otalangan tuxum
bilan birga otalanmagan tuxum ham qo’yiladi. Otlanmagan tuxumdan erkak
formalar, otalangan tuxumdan erkak va urg’ochi formalar chiqadi. Lichinkalar
tashqi muhit omillariga qarab 8 – 20 kirganda voyaga yetadi. Vodiy sharoitida
o’rgamchak kana 15 dan ortiq avlod berib qishloq xo’jaligiga jiddiy zarar keltiradi.
Urug’li o’simliklardan olmaga ko’proq zarar keltiradi. Zararkunanda bilan ko’proq
yosh olma kurtaklari, ildiz bachkilar, endi mevaga kirgan yosh olmalar kuchli
zararlanadi. Zararlangan o’simlik organi tabiiy rangini yo’qotib qo’ng’ir rangga
kira boshlaydi, uchki qismidan quriy boshlab, o’rgamchak ipi bilan ifloslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: