Tabiiyot-geografiya fakulteti


Ayrim zararkunanda turlarning biologiyasi


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/47
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#239948
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Bog'liq
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari

3.3 Ayrim zararkunanda turlarning biologiyasi 

Qo’ng’ir meva kanasi – Bryobia redicorzevi Keck. 

Kana  kattaligi    0.5  mm  bo’lib,  tashqi  ko’rinishidan  kichik  o’rgachakni 

eslatadi. Voyaga etgan formalarida  8 ta oyog’i bo’ladi. Diqqat bilan qaralsa, kana 

tuxumlarini qizg’ish sharsimon ekanligini kuzatish mumkin. Kanalar asosan yoz va 

kuzda  o’simliklarning  shohlanish  joyiga  generative  kurtaklar  halqasiga  tuxum 

qo’yadi va shu yerda qishlovga kiradi. 

Ayrim vaqtlarda kanalar juda ko’p tuxum qo’ygani sababli shox va novdalar 

sarg’ish  qizg’sh  rangga  kiradi.  Bahorda  lichinkalar  kurtaklashi  arafasida  chiqadi. 

Lichinkalar  tuxumdan  chiqqandan  so’ng  shox  va  novdalarda  kulrang  -  oq 

po’stloqlar  qoladi.  Lichinkalar  yana  kanalar  singari  barg  va  kurtaklarning  shira 

suyuqligi  bilan  oziqlanadi.  Zararlangan  barglar  o’z  rangini  yo’qotib,  kir  oqish 

rangga  kiradi,  rivojlanmaydi,  novdalar  rivojlanishi  to’xtaydi,  hosil  kamayib, 

daraxtlarni  sovuqqa  chidamliligi  pasayadi.  Kanalar  asosan  bir  yoshli  yosh 

kurtaklarga zarar keltiradi. Yil davomida kanalar  4- 5 marta avlod beradi. Qo’ng’ir 

kana  barcha  mevali  daraxt  navlarini  zararlaydi,  asosan  olma  daraxtini  ko’p 

zararlaydi.  Deyarli  barcha  joylarda  tarqalgan,  faqat  ochiq  joylarda  kuchli  zarar 

keltiradi.                        

 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling