Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari 2010 – 2011
yillar davomida Farg’ona vodiysini mevali bog’laridagi zararkunandalarning
tarqalishi, biologiyasi, ekologiyasi, o’ziga hos hususiyatlari va hayotiy
jarayonlariga oid yangi dalillar to’plandi, mavjud dalillarni kengayishiga hissa
bo’lib qo’shildi. Zararkunanda turlarning zarar keltirish hususiyatlariga oid
ma’lumotlar asosida Farg’ona vodiysi hududidagi mevali bog’larning so’ruvchi –
kemiruvchi hasharotlarning mavsumiy rivojlanishidagi o’ziga hos hususiyatlari
tahlil etilib, bu boradagi ayrim muammolarni hal etilishiga olib keladi. Masalan:
ekologik muhit sharoitini o’zgarishi tufayli ayrim navlar kutilgan hosilni bermaydi,
ayrim navlar esa zararkunandalar bilan umuman kasallanmasligi, tashqi omillarga
chidamli ekanligi, ularni ekish darajasini ko’paytirishga olib kelishi mumkin.
Bog’bon – fermerlarga bir qancha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |