Tabiiyot geografiya fakulteti
Download 1.29 Mb.
|
1427456314 60887
. Uning ishqibozlari - turli diniy va siyosiy qarashli shaxs lardir. «Kendi» romani Amerika adabiyotida shakllangan va keng tarqalgan romantik tabiatli, shirin va go‘zal o‘y-xayollarga beriluvchan qizlar timsolini keskin hajv qiladi, ularning ustidan kuladi. Badiiy mahorat talablaridan ancha pastda turadigan, ammo «ko‘ngilochar»lik mavzui muxlislarini oshufta etgan bu kitobga AQSh adabiyotshunoslari: «Madaniy tanazzulda oldinga qarab qo‘yilgan ulkan qadam», deya kinoya bilan baho berishdi.
«Ommaviy madaniyat» ko‘pdan-ko‘p shakllarda o‘zini namoyon etadi. Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega bo‘lmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish), komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa - rasm mahsulotlari), starizm (sub'ektiv ehtiroslarga berilgan holda.
Estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish), xeppining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan «keskin» tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjag‘ini chiqarish yoxud o‘t qo‘yish orqali vahshiyona, ommaviy «ko‘ngil ochish»lar uyushtirish) «ommaviy madaniyat»ning ayrim ko‘rinishlaridir.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling