Tabiiyot geografiya fakulteti
Download 1.29 Mb.
|
1427456314 60887
Aslida, ularning sahnada o‘zlarini bezorilarday tutishi san'atni va san'atkorlikni yerga uradi. Bu esa hayron qolarli emas: chunki asl san'atni yerga urish - «Ommaviy madaniyat»ning dasturiy, ya'ni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vazifalaridan biridir.
«Pop-muzika» namoyandalari ijro etadigan qo‘shiq matnlari esa, avvalo, she'riyatning oddiy talablariga javob bermaydi yoki ular ko‘proq ko‘chada mavjud behayo, jargon iboralarga - qadriyatlarni, insoniy ezguliklarni kinoya, mazax qiladigan so‘zlarga asoslangan. Xullas, erkinlik, demokratiya «namunalari» deb tavsiya etilayotgan «pop-muzika» matnlari bilan haqiqiy she'riyat hamda asl xalqchil did, sog‘lom ruhiyat, ma'naviyat o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor.
1964 yilda AQShda T.Sazern va M.Xoffenberg degan ikki muallif hamkorlikda yozishgan «Kendi» («Asal qiz») nomli romanini nashrdan chiqarishdi. Keyinchalik bu kitob qayta va qayta, katta miqdorlarda amerikalik kitobxonlarga taqdim etildi. Ushbu roman asosida yaratilgan kinofilm kinotomosha bozorida keng tarqaldi. «Kendi» qahramoni, «Asal qiz» deb ta'riflangan juvon duch kelgan odam bilan to‘shakda aysh-ishrat qilishdan charchamaydi
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling