Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar


Download 13.51 Kb.
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi13.51 Kb.
#1764458
  1   2   3   4
Bog'liq
Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar-fayllar.org


Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar

Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar, shu jumladan quruq qurilish qorishmalari, plastmassalar va boshqa materiallar uchun to’ldiruvchi va mayin to’ldiruvchilar ishlab chiqarish


Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar, shu jumladan quruq qurilish qorishmalari, plastmassalar va boshqa materiallar uchun to’ldiruvchi va mayin to’ldiruvchilar ishlab chiqarish.

Reja:

  • Bino va inshootlarning sifati, uzoq muddatga chidamliligi va narxi ko’p jihatdan qurilish materiallari (betonlar) va buyumlarini (temir-beton konstruksiyalar) to’g’ri tanlab olish va ishlatishga bog’liqdir. Beton to‘ldiruvchilaridan samarali foydalanish uchun quruvchi (muhandis-pedagog) ularning xossalarini va ishlatish sohalarini bilishi zarur. To‘ldiruvchilarning xossalari va xususiyatlarini bilish quruvchiga: turli sharoitlarda ishlovchi betonlar uchun samarali to‘ldiruvchilarni tanlash imkoniyatini beradi. Ushbu masalalarni yechishda quruvchi beton to‘ldiruvchilari uchun xomashyo tanlash, ishlab 6 chiqarish texnologiyasini bilish, xossalarini aniqlash va ularga baho berishni bilishi zarur. Shuning uchun quruvchi (muhandis-pedagog)lar tayyorlashda beton to‘ldiruvchilar texnologiyasi fanining ahamiyati juda kattadir. Fan talabalarning qurilish materiallari, kimyo, fizika, matematika, geologiya, materiallar qarshiligi fanlaridan olgan bilimlariga asoslanadi va boshqa mutaxassislik fanlari (betonlar va temir-betonlar texnologiyalari, me`morchilik, qurilish konstruktsiyalari, temirbeton konstruktsiyalari, qurilish iqtisodiyoti va b.) ni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.


  • O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayonlari tezkor rivojlanish dinamikasi ta`lim tizimi oldida ijodkorlik va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qila oladigan va texnik texnologiyalarga tez moslanishga layoqatli, malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasini qo’yadi. Shuningdek, oliy ta`lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yutuqlaridan keng foydalanish, ta`lim jarayonining shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalari asosida tashkil etilishini ta`minlash hamda rivojlangan davlatlarning kasbiy ta`lim tajribalarini mamlakatimiz ta`lim tizimiga tadbiq etish hisoblanadi.


  • Bugungi kunda o’qituvchi faqat bilim berish va amaliy ko’nikmani shakllantirish bilan chegaralanmasdan o’quvchilarni mustaqil bilim olish, izlanish va qarorlar qabul qilishga o’rgatishi kerak. Shuning uchun pedagog turli zamonaviy o’qitish metodlaridan foydalanib o’quvchilarni bilim olish jarayonini faollashtirishi juda muhimdir. O’qitish metodini tanlashda quyidagilar asos bo’ladi: Dars mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalari. Bayon etiladigan o’quv materialining tavsifi. Talabalarning rivojlanganlik va bilim darajasi. O’quv jarayonining mazkur bosqichida o’rganilayotgan fan metodlari. O’quv muassasasida o’qitish sharoitlari va moddiy-texnik ta`minlanganligi. O’qituvchining pedagogik mahorati, uning darsga tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etishi darajasi, dars berishning zamonaviy metod va texnologiyalarini bilishi.


  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling