Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar


Download 13.51 Kb.
bet2/4
Sana10.11.2023
Hajmi13.51 Kb.
#1764458
1   2   3   4
Bog'liq
Tabiy xom ashyo asosida beton va qorishmalar-fayllar.org

Xom ashyo — konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng maʼnoda Xom ashyo mehnat taʼsirida oʻzgargan va yanada ishlanishi lozim boʻlgan mehnat predmetinn anglatadi. Xom ashyo jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boʻladi. Xom ashyoning jami xilmaxil koʻrinishlari kelib chiqishiga koʻra sanoat va qishloq xoʻjaligi xom ashyosiga boʻlinadi. Sanoat Xom ashyosi, oʻz navbatida, mineral va sunʼiy Xom ashyoga boʻlinadi. Ishlatilishiga koʻra, mineral Xom ashyo yoqilgʻienergetika (neft, tabiiy gaz, kumir, uran, yonuvchi slanetslar), metallurgiya (qora, rangli, nodir va asl metallar rudalari), konkimyo (agronomiya rudalari, bariy, kaltsiy ftorid, oltingugurt), texnika (olmos, grafit, slyuda), qurilish materiallari (sement, keramika) i.ch. Xom ashyolari va boshqalarga boʻlinadi.
  • Sunʼiy Xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, sunʼiy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi Xom ashyosi va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogʻining ishlov berilmagan (xom) mahsulotlari oʻsimlik Xom ashyosi (don va texnika ekinlari, yogʻoch, yovvoyi va shifobaxsh oʻsimliklar) va hayvonot Xom ashyosi (goʻsht, baliq, sut, teri, jun) ga boʻlinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom ashyoni birlamchi (metallurgiyada rudalar, qogʻoz sanoatida sellyuloza) va ikkilamchi (metall parchalari, makulatura) turlarga boʻlish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh toʻgʻri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taʼminlaydi. Birlamchi Xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom ashyo bazasini kengaytirish va iktisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi.


  • Betonda yirik va mayda to‘ldiruvchilar qo‘llaniladi. Donalari 5 mm dan  kattaroq yirik to‘ldiruvchilarni shag‘al va chaqiq tosh turlariga ajratiladi. CHaqiq toshni tog‘ jinslarini maydalash orqali olinadi. Betondagi mayda to‘ldiruvchilar tabiiy va sun’iy qum hisoblanadi. Qurilishda asosan yuqori mustahkamlikga ega betonlarda ohaktosh va granitdan olingan chaqiq toshlar ishlatiladi. SHag‘al sirti tekis va shamolda nuragan tog‘ jinslarini noanik aralashmasini ifodalaydi. Odatda, donalari turli yiriklikdagi shag‘al-qum aralashmalar uchraydi. Engil betonlar uchun g‘ovakli tog‘ jinslaridan olingan tabiiy chaqiq tosh (tuf, pemza va boshqalar) yoki ko‘p hollarda mahsus sun’iy tayyorlangan to‘ldiruvchilar ishlatiladi (keramzit, agloporit, shlakli pemza, dolomit xomashyosi asosidagi engil to‘ldiruvchilar va boshqalar). Qum o‘zida uvalangan mayda zarrali tarkibni ifodalab, u tog‘ jinslarining shamol ta’sirida nurashi natijasida yuzaga keladi. Aksariyat minerallarning  zarralari aralashgan kvars qumlari, kam hollarda esa dala shpatli va ohaktoshlilari uchraydi. Ba’zan qumni tog‘ jinslarini mahsus maydalash yo‘li bilan olinadi. Biroq bu usulda tabiiyga nisbatan tannarxning ortib ketishi sababli mahsus maqsadlardagina qo‘llaniladi.



    Download 13.51 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling