«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi
Viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibi va asosiy muammolar
Download 1.37 Mb.
|
«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika
Viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibi va asosiy muammolar. Qashqadaryo viloyatida, eng avvalo, ikkita shakllangan asosiy ichki iqtisodiy rayon ajratiladi. Quyi mintaqa yoki Qarshi mintaqasi paxta va g’alla, chorvachilikka, neftgaz, tog’kon hamda elektr energetikaga ixtisoslashgan. Uning tarkibiga Qarshi shahri, Qarshi, Nishon, Muborak, Koson, G’uzor, Kasbi va Mirishkor tumanlari kiradi.
Yuqori yoki SHahrisabz mintaqasida ko’proq agrosanoat majmuasi rivojlangan. U SHahrisabz, Yakkabog’ va Kitob tumanlarini birlashtiradi. Bu ikkita - shakllangan rayonlardan tashqari Qashqadaryo geografi M.Yangiboev yana ikki SHimoliy (CHiroqchi tumani) va Janubiy (Dehqonobod va Qamashi tumanlari) rayonlarni ham ajratgan. Albatta, bu yangi rayonlarda hududiy ishlab chiqarish majmuasi endi shakllanib bormoqda. Balkim, Dehqonobod, G’uzor, Qamashi va CHiroqchi tumanlarini oraliq yoki O’rta iqtisodiy rayon sifatida ajratish haqiqatga yaqin bo’lar. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ichki tafovutlar qishloq tumanlari miqyosida yanada aniqroq ko’zga tashlanadi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish sohalari, ya’ni sanoat va qishloq xo’jaligi bo’yicha Muborak va G’uzor tumanlari ajralib turadi. Ijtimoiy sohalar Kitob, Muborak hamda Nishon tumanlarida nisbatan yaxshiroq. Hozircha eng sust rivojlangan qishloq tumanlari Dehqonobod va Chiroqchi. Yaqin kelajakda ishlab chiqarishni to’g’ri hududiy tashkil etilishini takomillashtirish, mehnat resurslari, rekreatsiya hamda turistik imkoniyatlardan foydalanish, to’qimachilik va qurilish sanoati bazasini mustahkamlash, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dolzarb hisoblanadi. So’nggi yillarda Tolimarjon IES va Toshg’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Ular viloyat iqtisodiy geografiyasiga katta o’zgarishlar kiritadi. SHu bilan birga, kelajakda yangi ichki temir va avtomobil yo’llarini qurish bunday katta hududga ega bo’lgan mintaqa uchun zarurdir. Jumladan, Yakkabog’ va Ayritom bekatlarini birlashtiruvchi temir yo’l qurilsa, viloyatning ikkinchi shahri - SHahrisabz respublika markaziy rayonlari bilan qisqaroq masofada bog’lanish imkoniyatiga ega bo’ladi va transport harajati kamayadi, Qarshi stantsiyasining “yuki” biroz yengillashadi. Qolaversa, bu yo’l viloyatning ichki hududlarini rivojlanishiga turtki beradi, natijada, Qashqadaryoning asosiy iqtisodiy o’zagi (qovurg’asi) Qarshi–G’uzor–Qamashi–Yakkabog’ (SHahrisabz)–Chiroqchi–Ayritom halqasi yoki to’rtburchagi vujudga keladi. Ayni vaqtda G’uzorning transport tuguni sifatidagi ahamiyati kuchayadi, Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi faollashadi va u Qashqadaryoni Surxondaryo viloyati bilan bog’lashga xizmat qiladi, shu asosda yagona Janubiy iqtisodiy rayon shakllanib boradi. SHaxrisabz tugunining rvojlanishi, dovonning ikki tomonida joylashgan Urgut va Kitob tumanlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish esa Qarshi – Buxoro – Samarqand uchburchagini, respublikamiz janubi-g’arbiy qutbini yanada mustahkamlaydi. Demak, istiqbolda G’uzor, Yakkabog’, Ayritom, Qarashina, CHin, Kitob kabi o’sish nuqta va markazlari vujudga keladi, Qarshi va uning aglomeratsiyasi takomillashadi, xuddi shunday aholi va xo’jalikni hududiy tashkil etish shakli SHahrisabz negizida ham paydo bo’ladi[12]. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling