Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqot maqsadi sanoat korxonalarini oqilona joylashtirish va rivojlantirish muammolarini mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati bilan bog‘liq holda o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutilgan:
- sanoatni tarmoqlarini joylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va usullarini aniqlash;
- mustaqillik yillarida O‘zbekiston mintaqalari sanoatida ro‘y bergan tarkibiy o‘zgarishlarga baho berish;
- Qashqadaryo viloyati sanoat rivojlanishiga umumiy tavsif berish;
- mintaqa sanoat rivojlanishiga tahsir ko‘rsatuvchi omillarni ochib berish;
- respublika hududiy va tarmoq dasturlari doirasida viloyat sanoatini rivojlantirish darajasini tahlil qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |