OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
4-Mavzu: Axborotni himoyalashning kriptografik usullari
Мa’ruzachi: D.М.Mirzaaxmedov
Reja:
1. Kodlash tushunchasi Kodlash – ma’lumotlarni osongina asliga qaytarish uchun hammaga (hattoki hujumchiga ham) ochiq bo’lgan sxema yordamida ma’lumotlarni boshqa formatga o’zgartirish. Kodlash ma’lumotlardan foydalanish qulayligini ta’minlash uchun amalga oshiriladi va hamma uchun ochiq bo’lgan sxemalardan foydalaniladi. Masalan, ASCII, UNICODE, URL Encoding, base64. Dekodlash Dekodlash jarayoni ham deshifrlash jarayoni kabi kodlash uchun teskari jarayon hisoblanib, biror ochiq sxema yordamida o’zgartirilgan ma’lumotlar xuddi shu sxema asosida teskarisiga o’zgartiriladi. Masalan, ASCII asosida “Z” ni 16 sanoq tizimiga o’zgartirilganda (kodlaganda) u “5A” ga teng bo’lgan bo’lsa, “5A” ni dekodlash jarayonida u “Z” ga qayta o’zgartiriladi. ASCII (American Standard Code for Information Interchange) kodlash standarti 2. Shifrlash tushunchasi Shifrlash jarayonida ham ma’lumot boshqa formatga o’zgartiriladi. Biroq, uni faqat ma’lum shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo’lgan) qayta o’zgartirishi mumkin bo’ladi. Shifrlashdan asosiy maqsad ma’lumotni maxfiyligini ta’minlash bo’lib, uni qayta o’zgartirish ba’zi shaxslar (deshifrlash kalitiga ega bo’lmagan) uchun cheklangan bo’ladi. 2. Shifrlash tushunchasi Shifrlash axborot xavfsizligining uchta holatini ta'minlaydi: Maxfiylik - ma'lumot uzatish yoki saqlash paytida ruxsatsiz foydalanuvchilardan ma'lumotlarni yashirish uchun ishlatiladi; Butunlik - ma'lumot uzatish yoki saqlash paytida o'zgartirilishining oldini olish uchun ishlatiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |