Tadbiq etish


vosita~ustoz~o`quvchi munosabatlari


Download 468.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana29.03.2023
Hajmi468.73 Kb.
#1308250
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’quv jarayonida axborot texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tatbiq etish

vosita~ustoz~o`quvchi munosabatlari tizimning 4- va 5-bo`g`inlari – bu birinchi 
navbatda ko`p ming kishilik o`qituvchilar jamoasining ko`nikmalarini, ish 
usullarini tubdan yangilash bilan uzviy bog`liqdir. DTSlari, ularning asosida yangi 
dastur tasdiqlanib, bu dastur asosida yangi darslik tuzilib, amalga joriy etilgach, 
qiziq bir voqeaning guvohi bo`ldik. Bir necha maktab jamoasidan yangi 
darsliklarning yaroqsizligi, ulardan amaliy foydalanishning imkoniyati yo`qligi 
haqida xabarlar olindi. Masalani atroflicha o`rganish maqsadida shunday xabar 
tashkilotchilaridan bo`lgan bir maktab jamoasi bilan darslik mualliflari, ta‟lim 
boshqarmasi mutasaddilari va metodistlar uchrashuvi o`tkazildi. Bu maktabdan 
kelgan norozilik xati tajribali, obro`li o`qituvchilar va ota-onalar tomonidan 
imzolangan edi. Masalani o`rganish shuni ko`rsatdiki, norozilik va janjal 5-sinf 
“Ona tili” darsligi “Fonetika”bo`limida berilgan mashqni bajarishdan boshlangan. 
Sinfda o`quvchilar bilan o`tkazilgan suhbatdan ma‟lum bo`ldiki, darslikda berilgan 
topshiriq bilan ustoz (sinfda fan o`qituvchisi) bergan topshiriq bir-biriga muvofiq 
kelmagan. Darslik kir~qir, kul~qul, bor~bar kabi so`z juftliklarini berib, 
ularning talaffuzini kuzatish topshirig`ini bergan. Fan o`qituvchisi o`quvchilarga 
berilgan so`zlarni qo`llab gap tuzib kelish topshirig`ini bergan. Natijada, kir, qir,
kul, qul, bor, bar kabi omonim so`zlarni qo`llab gap tuzishda chalkashlik va 
anglashilmovchilik yuz bergan, ona-onalarning ham noroziligiga sabab bo`lgan. 
Sinf fan o`qituvchisining ko`p yillik odatiy ko`nikmalariga tamoman yot bo`lgan, 
tamoman boshqacha ishlashni talab etadigan darslik norozilik xatiga asos bo`lgan. 
Darslik topshirig`i bilan sinf o`qituvchisining bergan topshirig`i to`la mos kelishi, 
albatta, shart emas, lekin ustoz topshirig`i o`ylanmagan, tasodifiy ham bo`lmasligi 
kerak. 
Yana bir misol: Yuqorida ta‟lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblik 
ko`pincha o`quv dasturlari va darslik mualliflari tomonidan hisobga olinmayapti 
deb ta‟kidladik. Fikrimizni dalillash uchun e`tiborni umumiy o`rta ta‟lim 


maktablarining 5-sinflari uchun mo`ljallangan "Ona tili" o`quv darsligi
1
ga 
qaratamiz. Avvalo ta‟kidlash joizki, mazkur darslik mustaqillik sharofati bilan 
yaratilgan hozirgi kunda umumta‟lim maktablarining V-IX sinflari uchun "Ona 
tili"dan yangi tipdagi – ijodiy tafakkur sohibini yetishtirish maqsadli dastur asosida 
yaratilgan yangi darsliklarning ikkinchi avlodidan biri bo`lib, undan 
respublikamizning ko`p ming sonli farzandlari foydalanmoqda. Darslikdagi 
mavzularning joylashishi, og`zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar 
miqdorining ancha yuqoriligi, mavzularni mustahkamlash uchun berilgan savol va 
topshiriqlarning keng qamrovliligi, darslik oxirida test namunalari, qisqacha izohli 
lug`at berilishi uning qimmatini oshiradi.
Bizga ma‟lumki, ta‟lim maqsadi bilimdon, barkamol shaxsni yetishtirishni 
nazarda tutsa, bunda retroskopik usullar, deduktiv ta‟lim yetakchilik qilishi 
shubhasizdir, chunki ta‟lim maqsadi shuni taqozo qiladi. Ta‟lim ijodiy tafakkur 
sohibi, tadbirkor shaxsni tarbiyalashni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan bo`lsa, 
unda bunday maqsadni amalga oshirish uchun muammoli va tadqiqotchilik 
usullari, induktiv ta‟lim yetakchilik qilishi lozim. Ta‟lim usuli bilim, shu asosdagi 
ko`nikma, malakani o`quvchida qanday usul bilan hosil qilish o`qituvchi-
o`quvchining o`zaro subekt-subekt munosabatga kirishishini taqozo qiladi. 
Shuningdek, ta‟lim vositasi hisoblangan o`quv darsligi ham shunga mos bo`lmog`i 
zarur, chunki bu ta‟lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblikni 
ta‟minlashda asosiy o`rinlardan birida turadi. Bizning kuzatishlarimiz shuni 
ko`rsatadiki, 5-sinflari uchun mo`ljallangan "Ona tili" o`quv dasturi zamirida 
jamiyatga ijodiy tafakkur sohibini yetishtirib berish maqsadi yotadi, biroq shu 
dastur asosida tuzilgan darslikda esa mavzularning aksariyati retroskopik usullar 
asosida darsni tashkil etishga mo`ljallangan. Darslikda bir yuzu to`qsonga yaqin 
"Eslab qoling", "Bilib oling" tarzidagi qoidalarning berilishi ham fikrimizni 
dalillaydi. Yoki birgina "Fonetika. Grafika" bo`limining o`zida ellikdan ortiq 
qoidalarning berilishi ham bola uchun, bizningcha, "tayyor osh" demakdir. 
1
Mahmudov N., Nurmonov A., Sobirov A., Qodirov V., Jo`raboyeva Z. Ona tili. Umumta`lim maktablаrining 5-
sinfi uchun darslik. – Т.: Ma`naviyat, 2004.–224 b.


Xalqimizda "Chaynab bergan osh bo`lmas" degan maqol bor. O`zbek 
pedagogikasi, didaktikasi va psixologiyasida bixeoviristik nazariyaga asoslangan 
hamda XIX asr oxiri XX asrning boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy talablarga javob 
beradigan retroskopik-retseptiv usulda bilimdon ijrochini yetishtirishga qaratilgan 
ta‟lim tizimi o`z vazifasini o`tab bo`lganligini, yangi davr – tugal bozor iqtisodi 
davri tamoman boshqa shaxsga – mustaqil ijodiy tafakkurga qodir tadbirkor 
shaxsga muhtoj ekanligi masalasi muhokamasi qariyb yigirma yil oldin kun 
tartibiga qo`yganligini hisobga olsak, endi farzandlarimizga mavzularni "tayyor 
osh" sifatida berishimiz ta‟lim maqsadi va mazmuni orasidagi mutanosiblikning 
ta‟minlanishiga to`sqinlik qiladi.
Bugungi kunda ta‟lim maqsadi asosida uning mazmunini muntazam 
yangilash, uning shaxsga yo`naltirilgan demokratik modelini belgilab berish 
zaruriyati asosida barcha o`quv predmetlaridan, ayniqsa, "Ona tili"dan axborot 
banklarining yaratilayotganligi ham, o`quv-biluv jarayoni mazmunida bir qator 
o`zgarishlarning amalga oshirilayotganligi - o`quv topshiriqlarining muntazam 
yangilanayotganligi ham quvonarlidir. Bu pedagogik tadbir ta‟lim maqsadining 
ro`yobi bilan bog`liq tarzda amalga oshirilmoqda. 


Xulosa 
Milliy istiqlol davrning ilk qadamlaridanoq ta‟limni, jumladan, ona tili 
ta‟limining maqsadi, mazmuni, usuli va vositalarini tubdan yangilashga jiddiy 
kirishildi. Jahonning ilg`or didaktikasi, ta‟lim psixologiyasi, milliy an‟analarimiz 
va qadriyatlarimiz asosida ona tili ta‟limining ongli kognitiv-pragmatik
(induktiv) ta‟lim usuli, shu maqsad va usulga mos ta‟lim mazmuni ishlab chiqildi 
hamda amalga joriy etildi. Bu usulning mohiyatini nutqni o`z-o`zidan emas, balki 
ona tili imkoniyatlari orqali ta‟lim oluvchida mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur 
ko`nikmalarini shakllantirish, tafakkurning voqelanish shakli sifatida nutqni
rivojlantirish tashkil etadi. Ilk tajriba-sinov ishlari bu usulning sersamara va
istiqbolli ekanligini ko`rsatmoqda. Hozir bu maqsadni to`la voqelantirish uchun
to`siq bo`layotgan narsa o`quvchilarning ona tili darslarida keng foydalanishlarini 
ko`zlab tuzilgan ona tili imkoniyatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi axborot 
bankining turli shakl va ko`rinishlari − xilma-xil maqsadli lug`at, qomus, 
ma‟lumotnoma, ko`rgazmali qurollar, ularning elektron variantlari, kompyuter 
dasturlari v.h.larning juda ozligidir. Bunday qo`shimcha vositalarsiz bu ta‟lim 
usuli o`z maqsadiga to`la erisha olmaydi. Ta‟lim usulining bosh talablaridan biri − 
ta‟lim oluvchi o`quv materialining darslik bilan cheklanmasligidir. Buni esa ona 
tili imkoniyatlari axborot bankigina ta‟lim oluvchiga yetkaza oladi.



Download 468.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling