Tadbiq etish
Download 468,73 Kb. Pdf ko'rish
|
O’quv jarayonida axborot texnologiyalarning asosiy yo’nalishlari va uni tatbiq etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ratsionalizatsilashtiruvchi Yaratuvchi
- Hozirgi kundagi axborot texnologiyalarining turlari Saqlovchi
Jamiyatni axborotlashtirish – davlat uchun qimmatga tushadi. Lekin u,
kompyuter dasturi qimmatga yaratilib, keyin undan foydalanish ommalashtirilgandan so„ng arzonlashadi. Jamiyatni axborotlashtirish: - mehnat texnologiyalarini, ishlab chiqarish vositalarini avtomatlashtirish; - ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish; - aholiga xizmat ko„rsatishni avtomatlashtirish; - tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish; - ta‟limni va kadrlar tayyorlashni axborotlashtirish kabi sohalarini o„z ichiga oladi. Ta‟limda yangi axborot texnologiyalaridan fanlarni o„qitish va o„quvchilar egallagan bilimlarini nazorat qilishda foydalanish mumkin. Axborot texnologiyalari vositalarining markazida kompyuter turishi hech kimga sir emas. Hozirgi kunda kompyuterlardan ta‟lim tizimida asosan to„rt yo„nalishda: - o„rganish ob‟ekti sifatida; Ratsionalizatsilashtiruvchi Yaratuvchi Mehnatni, vaqtni, moddiy ashyolarni tejaydi Chipta buyurtmasi, mehmonxona hisobi kabi tizimlar Axborot ishlab chiqaradigan, ulardan foydalaniladigan, insonni o‟z tarkibiga oladigan tizimlar Hozirgi kundagi axborot texnologiyalarining turlari Saqlovchi - o„qitishning texnik vositalari sifatida; - ta‟limni boshqarishda; - ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda. O„quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to„rt tartibda: passiv qo‘llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi; reaktiv muloqot – kompyuter imtihon oluvchi sifatida; faol muloqot – kompyuter talabaga yo„l-yo„riq berish va imtihon qilishda; interfaol muloqot – kompyuter sun‟iy aql sifatida, ya‟ni talaba bilan muloqot qilishda foydalaniladi. Ta‟limni avtomatlashtirish: - ta‟limda axborotlashtirish bo„g„inlarini ta‟minlash; - bilim berishni avtomatlashtirish; - ta‟limni avtomatlashtirishning me‟yoriy asoslarini yaratish; - telekommunikasiya tarmoqlarini joriy qilish; - ta‟minot ashyolarini yaratish kabilarni qamrab oladi. Ta‟limni avtomatlashtirish uchun: kompyuter, modem, dasturiy ta‟minot, matn konstruktorlari, modellar, axborotlar majmui va texnik ko„nikmalar trenajerlari zarur. Bugun O„zbekistonning umumiy o„rta ta‟lim maktablarida 1431 ta (2009 y/h.) kompyuter sinflari bo„lib, maktablarning 148 tasi Internetga ulangan. Respublika oliy o„quv yurtlarida 16000 ga yaqin shaxsiy kompyuterlar mavjud bo„lib, bu esa 1 ta kompyuterga 14 nafar talaba to„g„ri kelishini bildiradi. Ushbu ma‟lumotlar asosida shuni aytish lozimki, mamlakatimiz ta‟lim tizimida Internet global tarmog„iga ulanish va undan ta‟lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar yaratilmoqda. Shuni ta‟kidlash kerakki, oliy ta‟lim muassasalari ichida Guliston Davlat universiteti kompyuterlar bilan eng yaxshi jihozlangan ta‟lim muassasasi hisoblanadi. Ushbu universitetda 4-5 nafar talabaga bitta kompyuter to„g„ri keladi. Respublikada 675000 kompyuter Internetga ulangan bo„lib, undan hozirgi kunda 3,2 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Ta‟lim va ayrim o`quv predmetlari (jumladan, ona tilini o`qitish) maqsadining ta‟lim tizimi hamda strukturasida egallagan muhim mavqeyi, ta‟lim maqsadining ta‟lim mazmuni, usuli, vositalari va pirovard natijasini belgilashda hal qiluvchi omil ekanligiga qaramay, mazkur muammo pedagogika, didaktikaga oid ilmiy adabiyotlarda kam o`rganilgan. Juda ko`p hollarda (jumladan, rus olimlaridan I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, V.V.Krayevskogo, V.S.Lednev, T.A.Ilina, Y.A.Komenskiy, Y.K.Babanskiy, M.A.Danilov, M.M.Potashnik, N.F.Talizina, N.V.Savin, L.M.Fridman, o`zbek olimlaridan O.R.Roziqov, A.Q.G`ulomov, R.G`.Safarova, S.Y.Og`ayev, B.R.Adizov, M.Saidov va boshqalarning ishlarida) bu masalani o`rganish ta‟lim mazmuni va usuli tadqiqiga qo`shib yuborilgan. Pedagogika hamda didaktika bo`yicha darslik va qo`llanmalarda ham ta‟lim maqsadi o`z-o`zidan tushunarli hodisa sifatida alohida tahlil etilmaydi. Vaholanki, ta‟lim maqsadi ta‟lim strukturasida markaziy o`rinlardan birini egallaydi. To`g`ri, didakt va metodistlarning ta‟lim maqsadi tadqiqiga kamroq e`tibor qaratishi ta‟lim maqsadining didaktlar ixtiyoridagi omil emasligi, odatda, u ijtimoiy buyurtma sifatida davlat va jamiyat tomonidan belgilanishi, tadqiqotchi va amaliyotchilarga go`yoki tashqaridan yuklatilishi bilan oqlanishi mumkindek ko`rinadi. Biroq mazkur masalani alohida olingan muayyan o`quv predmeti misolida tarixiy nuqtayi nazardan, shuningdek, ta‟lim maqsadidagi tadrijiylik hamda inkishof jihatlardan o`rganish davlat va jamiyat taraqqiyoti ahamiyatidagi zarur masalalardandir. To`g`ri, davlat va jamiyat ta‟lim maqsadini o`z taraqqiyoti davomida tug`ilgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun rasmiy ravishda belgilaydi. Biroq davlat va jamiyat ta‟lim maqsadini ijtimoiy buyurtma sifatida belgilashda, albatta, ta‟lim peshvolari qanday chora-tadbirlarni ilgari surishlariga tayanadi. Shuning uchun ta‟lim maqsadi muammosini har tomonlama o`rganish barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kahhf etadi. Ta‟lim maqsadi silsilasida ona tili ta‟limi maqsadi alohida o`rinda turadi. Chunki maktab ta‟limi ona tilini ta‟lim oluvchiga o` r g a t m a y d i - ta‟lim oluvchi ona tilini ta‟lim dargohiga kelgunga qadar biladi va undan o`z kundalik amaliy ehtiyojlarini qondirish uchun bemalol foydalana oladi. Ana shu o`rinda bir necha haqli savollar tug`iladi: Nega zamonaviy ta‟limning barcha tur, bo`g`in va bos`ichlari uchun ona tili ta‟limi umumiy va zaruriy o`quv predmeti sifatida majburiy kiritilgan? Ona tili ta‟limi nimaga xizmat qilishi kerak? Ilmiy grammatika, tilshunoslik ilmi asoslarini o`rganish uchunmi? Jamiyat a`zolarining barchasi tilshunos bo`lishi shartmi?! Tilshunoslik fani va tilshunos tilga mutlaqo ta`sir o`tkaza olmaydi−til tilshunos va grammatiklar amriga buysunmaydi. Bu azaldan ma`lum oddiy haqiqat. Jamiyatda hamma madaniyatli kishilarning tilshunos bo`lishi shart ham emas. Demak, ta‟limning barcha tur, bo`g`in, bosqich va ko`rinishlarida ona tili ta‟limining o`ziga xos maqsadi va zarurati mavjud, zarurat esa o`rganilishi lozim. Bundan tashqari o`zbek sovet pedagogikasida uzoq muddat davomida "O`zbekistonda ona tili ta‟limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyin amalga oshirildi" degan g`ayriilmiy o`ydirma, o`zbek xalqi, uning uzoq tarixi va qadriyatlariga nisbatan noto`g`ri fikr hukmron edi. Buning sabablarini Prezidentimiz "bizning tariximizni boshqalar yozsa, boshqacha yozadi" degan xulosalarida va bu bo`limga peshlavha sifatida keltirilgan iqtibosda ochib bergan edilar. Zero, O`zbekiston Prezidenti ta`kidlaganidek, "qachongacha biz tariximizni birovlarning nuqtayi nazari, qarichi bilan baholaymiz?". 1 Bu so`zlar yog`dusida ona tilimiz − milliy o`zbek tilini o`qitish tarixiga nazar tashlash, bu til ta‟limida o`qitish maqsadining tadrijiy taraqqiyotini o`rganish muhim ilmiy-ma‟naviy ahamiyat kasb etishi tabiiy, albatta. Mana shuning uchun ushbu o`quv qo`llanma ona tili va adabiyot o`quv predmetining bo`lajak o`qituvchilarini ona (o`zbek) tilini o`qitishning turli davrlarda maqsadi, bugungi ta‟lim maqsadining uzoq ildizlari bilan tanishtirishni ko`zlab tuzildi. Unda ta‟lim tili sifatida ona (o`zbek) tilida ta‟lim tarixi, ta‟lim maqsadining tarixiy rivoji, milliy istiqlol sharofati bilan ta‟lim maqsadining tubdan yangilanishi, bu maqsadni to`la voqelantirish uchun ona tili ta‟limi nazariyasi va usuliyoti oldida turgan ayrim zarur vazifalar xususidagi mulohazalar ifodalangan. Shuningdek, unda: −"O`zbekistonda ona tili ta‟limi faqat Oktabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi", degan fikrning noto`g`riligi; 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. Т.: Шарқ, 1998. 11-б. −"ona tilida ta‟lim" va "ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish" tushunchalari bir narsa emasligi; − ona tilida ta‟lim jarayonida ona tili ham o`qitilishi, bunday holatda ona tili va ta‟lim tili tushunchalari bir-biriga mos kelishi; −ona tili ta‟limining xat-savod o`rgatish, fikrni uqish va bayon qilish ko`nikmalarini shakllantirish kabi u m u m i y va uni maxsus - alohida o`quv predmeti sifatida ta‟limini talab etuvchi x u s u s i y maqsadlari farqlanishi; −ona tilida ta‟lim maqsadining tubdan o`zgarishi mazkur o`quv predmeti ta‟limi mazmuni, usuli, vositalarining ham tubdan yangilanishini talab etishi kabi masalalar batafsil bayon etiladi. Qo`llanma ikki bo`limdan iborat bo`lib, birinchi bo`limi ta‟lim maqsadi tushunchasi, uning ta‟lim mazmuni va usullari bilan aloqadorligini sharhlashga, ikkinchi bo`limi esa ona tilida ta‟lim va ona tili ta‟limi tushunchalarini farqlash, ona (o`zbek) tilida ta‟lim tarixi silsilasida ona tilini o`qitish maqsadidagi tadrijiy taraqqiyot masalalarini yoritishga bag`ishlanadi. Ta‟lim jarayoni – bu mohiyatan ta‟lim jarayoni ishtirokchilari –ta‟lim oluvchi (o`quvchi, talaba, shogird, izdosh, payrav; tarixan – murid) va ta‟lim beruvchi (o`qituvchi, muallim, murabbiy, ustoz: tarixan– pir, murshid) 1 orasidagi ta‟lim maqsadi asosidagi faol munosabatidir; ta‟lim bilan aloqador barcha munosabatlar, uning barcha qirralari ta‟lim ishtirokchilarida – ustoz va o`quvchida kesishadi. Inson barcha ijtimoiy munosabatlarning markazi, kesishish nuqtasi bo`lganidek, ustoz~o`quvchi ham barcha turdagi didaktik munosabatlarning kesishish nuqtasidir. Shuning uchun biz yuqorida ta‟lim maqsadi, uning mazmuni, usuli, vositalari, ularning o`zaro aloqadorligi masalalarini ko`rib o`tyotganda har doim o`quvchi~ustoz munosabati masalalari bilan to`qnashdik. Chunonchi, ta‟lim maqsadining o`zi, eng avvalo, KIMni, qanday shaxsni yetishtirish masalasini o`rtaga qo`yadi. Bu shaxs kim? U O`QUVChIdir! Kim uni yetishtiradi, tarbiyalaydi? U esa USTOZdir! Ular o`zaro qanday munosabatda bo`lishi kerak? 1 Biz bu atamalardan, asosan, ikkitasidan – o`quvchi va ustoz so`zlaridan foydalanamiz. Biz bu haqda yuqorida (ta‟lim usuli bilan bog`liq ravishda) ikki xil yondashish mavjudligini va bu yondashishlarning har biri o`ziga xos shaxsni – – biri bilimdon, ijrochi, lekin mute, mo`min-qobil, passiv ijrochini, –ikkinchisi esa faol, bunyodkor, mustaqil ijodiy tafakkur sohibi bo`lgan Download 468,73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling