Tadbir o’tkaziladigan joy bayramo


Download 42.5 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1112053
Bog'liq
8 dekabt senariy


8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir
senariysi
Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Chor atrofga Konstitutsiyamizga bag’ishlangan shiorlar, devoriy gazetalar ilib qo’yilgan. Shuningdek, siyosiy adabiyotlar, o’quvchilarning qomusimiz haqida yozgan ma’ruzalari, ijodiy ishlari ko’rgazmasi tashkil etilgan.
(Magnitofon tasmasidan Vatan haqidagi kuy taraladi va sahnaga adabiy kecha qatnashchilari chiqadi).
1-boshlovchi - Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda shukux,
Vataning bor, maktab-bog’chang, or-nomusing bor.
O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating, Qomusing, o’z madhiyang bor
Madhiya yangraydi


1-boshlovchi: Shukrona aytamiz qutlug’ kunlarga,
Ma’noga, mazmunga to’liq kunlarga.
Farovon, nurafshon ulug; kunlarga,
Ey, ozod diyorim – O’zbekistonim!
boshlovchi:-Assalomu alaykum, azizlar, qalbi otash, mehri quyoshlar. Mana bugun qomusimizning 30 yillik bayrami munosabati bilan
Konstitutsiya-huquqlarimiz poydevori” mavzusidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbirimizga xush kelibsiz!

boshlovchi: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o’z xalqining huquqlarini himoya qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda, Respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga erishish, tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Biz uni g’urur bilan “Baxtimiz Qomusi”, deya ataymiz.
boshlovchi: Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11 sessiyasida qabul qilinganligini mana bugun 30 yilligini nishonlash arafasida turibmiz.
Vediorolik .Konstitutsiya tabrigi qo`yiladi.

So`z tadbirimizga tashrif buyurgan maktab ________________________________


_____________________________________________________________marhamat!


boshlovchi: Karnay-surnay ovoz berdi jahonga,
Jahonni qaratdi O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod,
Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod,
Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom
Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.


Vatan qo`shig`I Gulg`uncha to`garak a`zolari ishtirokidagi “Vatan” qo`shig`i
Boshlovchi.
Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shodon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birinchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.


Maktabning iqtidorli o`quvchilari tomonidan Konstitutsiyamizning 40-41-64-66-moddalari aks etgan sahna ko`rinishiga beramiz
Qo`shiq ijro etadi Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi iste`dodli sobiq o`quvchimiz Aslbek Mardonov ijrosidagi “Xilpira bayrog`im”
Boshlovchi; 
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur , erkin ijod
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’zlaymiz

Maktabning 9-sinf iqti`dorli o`quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko`rinishiga beramiz
Gulg`uncha to`garagi a`zolari ishtirokida “Diyor madhi”

Aql Adolatni etur ustuvor.


Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.


Qo`shiq ijro etadi Toshkent davlat konservatoriyasi talabasi iste`dodli sobiq o`quvchimiz Aslbek Mardonov ijrosidagi “Lazgi”
Boshlovchi; 
Mana O`zbekiston Respublikasining 30 yilligi munosabatiga bag`ishlangan tadbirimiz nihoyasiga yetib bormoqda
boshlovchi: Тенгларнинг ичида бугун тенг ўзим,
Жаҳоний тўнларга ёқа, енг ўзим,
Дунёлар бағримда, бағри кенг ўзим,
Эй, менинг ўзлигим - ғypyp, номусим,
Конституциям - олий Қомусим.
Qo`shiq “Vatan” (Ozodbek Nazarbekov)

Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling