Tadbir ssenariysi


Download 12.66 Kb.
bet2/6
Sana15.03.2023
Hajmi12.66 Kb.
#1271310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
www.idum.uz Assalom Navruzi olam tadbir ssenariysi

boshlovchi: Darhaqiqat, Navro'z - yashnash va yasharish bayrami, tabiatning uyg'onishiga guvoh bo'lmish yangi kunning boshlanishidir.

  • boshlovchi: “Navro'z” forscha so'z bo'lib, “yangi kun” degan ma'noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun - yangi yil, Navro'z bayrami sifatida keng nishonlanadi. U dehqonlar uchun ekin-tikin ishlarining boshlanish pallasiga to'g'ri keladi. Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy bu kunni shunday ta'riflaydi:

    Vasli aro ko'rdim, teng emish bo'yi-yu sochi,
    Tun-kun ekan zohir o'lur bo'ldi chu Navro'z.

    1. boshlovchi: Mustaqillik yillarida bu ko'hna bayramning ikkinchi umri boshlandi. Navro'z bayrami ilgari hech qachon ko'rilmagan ko'lam va shukuh-la madaniy hayotimizdan munosib o'rin oldi.

    2. boshlovchi: Ha, Navro'z bayrami xalqimizning qadimiy va o'lmas an'analarini o'zida jo qilgan milliy bayramimizdir. Bugungi shodiyona kun bilan barchangizni yana bir bor tabriklab, tadbirni ochib berish uchun so'z navbatini maktab-internat direktori, hurmatli ustozimiz Ilyos Ortiqovich Qo-dirovga beramiz.

    1. boshlovchi: Bugun Navro'z bayrami,

    Zo'r tantana, hamma shod.
    Ona yurtda quvnaymiz,
    Baxtiyormiz umrbod.

    1. boshlovchi: Navro'z keldi yurtimga,

    Dalalarga shoshaylik.
    Keling, do'stlar, barchamiz,
    Kuy, qo'shiqlar kuylaylik.

    1. boshlovchi: - Har bir xalqning o'ziga xos qadriyat, an'analari bor. Ular millat bilan birga yashaydi, birga ulg'ayadi, taraqqiy topadi. Xalqimizning tarixi va madaniyatining bir bo'lagi bo'lgan Navro'z ham har yili yangilanib borayotgan ulug' va navqiron bayramdir.


    2. Download 12.66 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling