Тадбиркорлик фаолияти соҳасида қЎлланиладиган шартномалар тизими
Xizmat ko`rsatishga qaratilgan shartnomalar
Download 31.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqTadbirkorlik faoliyatida shartnomalar va hisob-kitoblar 21
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
4 Xizmat ko`rsatishga qaratilgan shartnomalar.
Bozor iqtisodi sharoitida aholiga turli xizmatlar ko`rsatish orta boradi. Xizmat ko`rsatishga qaratilgan tadbirkorlik shartnomalari orasida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari ko`proq uchraydi. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha ijrochi buyurtmachining topshirig`i bilan ashyoviy shaklda bo`lmagan xizmatni bajarish (muayyan harakatlarni kilish yoki muayyan faoliyatini amalga oshirish), buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to`lash majburiyatini oladi. Bu shartnoma bo`yicha “xizmat ko`rsatish” tushunchasi bir qadar tor ma`noda bo`lib, FKning boshqa boblarida ko`zda tutilmagan xizmat turlari – aloqa xizmati, tibbiy xizmat, maslahat xizmati va boshqa xizmatlarni o`z ichiga oladi. Shartnoma subyektlari sifatida buyurtmachi bo`lib fuqarolar va yuridik shaxslar, ijrochi esa, haq evaziga xizmat ko`rstish huquqiga ega bo`lgan va xizmat ko`rsatish uchun belgilangan tartibda ruxsat olgan tashkilotlar qatnashadilar. Shuningdek, xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslar haq evaziga xizmat ko`rsata oladilar. Shartnomaning asosiy xususiyatlaridan biri uning predmeti ashyoviy shaklda bo`lmagan harakat yoki faoliyat ekanligidir. Haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalari asosan ommaviy shartnomalar (aloqa, tibbiyot, mehmonxona, sayyohlik bo`yicha xizmat ko`rsatish shartnomasi bo`yicha) tarkibiga kiradi. FKning 704-moddasiga binoan shartnomada boshqa ko`rsatmalar bulmasa, ijrochi shartnomada nazarda tutilgan xizmatni shaxsan o`zi ko`rsatishi shart. Ijrochi shartnoma bilan xizmat ko`rsatishni uchinchi shaxsga yuklash huquqiga ega. Ammo, ijrochi jismoniy shaxs bo`lgan hollarda xizmat ko`rsatish shaxsan u tomonidan ko`rsatilishi shart. Iqtisodiy aloqalarning takomillashuvi, texnikaning rivojlanishi, transport vositalaridan ko`proq foydalanish zaruriyati - yo`lovchi, bagaj va yuk tashishi shartnomalarining ahamiyatini oshiradi. Yo`lovchi tashish shartnomasi bo`yicha tashuvchi yo`lovchini, yo`lovchi bagaj topshirgan bo`lsa - bagajni ham belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Shartnoma subyekti sifatida yo`lovchi - tashuvchi xizmatdan foydalanuvchi jismoniy shaxs bo`ladi. Tashuvchi esa tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi haq evaziga yo`lovchi va bagajni manzilga eltuvchi shaxs bo`lishi mumkin. Shartnomaning asosiy xususiyatlaridan biri tashish bo`yicha xizmatdan foydalanuvchi taraf sifatida fuqaro qatnashadi. Bundan tashqari shartnoma - konsensual xarakterga egaligi, ikki tomonlama shartnomalar guruhiga kirishi, haq baravariga tuzilishi bilan xarakterlanadi. Tashish shartnomasining yana bir turi yuk tashish shartnomasidir. Bu shartnoma bo`yicha yuk tashuvchi jo`natuvchi tomonidan o`ziga ishonib topshirilgan yukni belgilangan manzilga yetkazib berish va uni olishga vakolat berilgan shaxsga (oluvchiga) topshirish, yuk jo`natuvchi esa yukni tashib berganlik uchun belgilangan haqni to`lash majburiyatini oladi. Shartnoma bo`yicha tashuvchi sifatida tegishli ruxsatnomaga ega bo`lgan shaxs qatnashadi. Bular temir yo`l korxonasi, avtoxo`jaliklar, aeroport va boshqalar bo`lishi mumkin. Yukning qaysi transport turida tashilishiga qarab, yuk tashishning bir necha turlari uchraydi: avtomobil transporti orqali tashish, havo transporti orqali tashish, suv transporti orqali tashish va boshqalar. Tashish qanday yo`llar bilan amalga oshirilishiga qarab, uch turga bo`linadi: ichki qatnov bo`yicha yuk va yo`lovchilar tashish, xalqaro qatnov bo`yicha yo`lovchi va yuk tashish, aralash qatnov bo`yicha yuk va yo`lovchi tashish. Mazkur guruhga kiruvchi shartnomalar ichida transport eskpeditsiyasi shartnomasi – tadbirkorlik faoliyatida ko`proq uchraydi. FKning 726-moddasiga ko`ra, transport ekspeditsiyasi shartnomasi bo`yicha ekpeditor haq evaziga va mijoz (yuk jo`natuvchi yoki yuk oluvchi) hisobidan ekspeditsiya shartnomasida belgilangan yuk tashish bilan bog`liq xizmatlarni bajarish yoki bajarishni tashkil etish majburiyatini oladi. Ekspeditor sifatida transport ekspeditsiyasi xizmatini ko`rsatish uchun maxsus ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashadi. Mijoz sifatida ko`rsatiladigan ekspeditsiya xizmatlariga buyurtma beradigan har qanday shaxslar (yuk jo`natuvchi, yuk oluvchi) bo`lishi mumkin. Shartnoma predmetini ekspeditor tomonidan ko`rsatiladigan yuklarni tashish bilan bog`liq xizmatlar tashkil qiladi. Omonat saqlash shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga asosan bir taraf (omonat saqlovchi) unga ikkinchi taraf (yuk tashuvchi) bergan ashyoni saqlash va bu ashyoni to`la holda qaytarish majburiyatini oladi. Shartnomaning asosiy maqsadi ashyolarning butunligini saqlash, boshqalar tomonidan zarar yetkazilishi, o`zlashtirib olinishidan asrashdan iborat. Omonatchi ashyoga nisbatan mulk huquqiga ega bo`lmaydi, balki uni saqlab berish majburiyatini oladi. Shartnoma bo`yicha omonat saqlovchi fuqaro yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi – yuridik shaxs bo`lishi mumkin. Omonat topshiruvchi bo`lib esa mulkning egasi bo`lgan yoki undan foydalanuvchi fuqaro va yuridik shaxslar bo`lishi mumkin. Shartnoma predmeti xususiy alomatlari bilan belgilanadigan va juz`iy alomatlar, ya`ni, son, o`lchov bilan belgilanadigan ashyolar bo`lishi mumkin. Bozor iqtisodi sharoitida tadbirkorning ehtiyojlarini qondirish maqsadida omonat saqlashning turlari ko`paya boradi. Jumladan, tovar omborlari, banklarda, transport korxonalarda, kiyinish xonalarida, mehmonxonalarda omonat saqlash ko`p qo`llaniladi. Adabiyotlar: 1 Karimov I. A.. O`zbekiston buyuk kelajak sari (O`zbekiston XXI asr bo`sagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafo-latlari). T., «O`zbekiston», 1998, 567-6. 2. Karimov I. A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. T., «O`zbekiston», 1995, 241-6. 3. O`zbekiston Respublikasining Korxonalar, Ijara, Mulkchilik to`g`risidagi qonunlari. T., «Adolat», 1997. 4. www.ziyonet.uz Download 31.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling