Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja


Download 362.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/21
Sana26.10.2023
Hajmi362.3 Kb.
#1723472
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo‘lishi mumkin. Maslahatning uch turi 
– ekspertli, jarayon va o‘rgatuvchi maslahatlar keng qo‘llaniladi. 
Ekspertli maslahat – konsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida 
maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga 
oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot etkazib berishi zarur bo‘ladi. 
Jarayon maslahatida – loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma 
maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda tahlil 
qiladi va kerakli takliflar beradi. 
O‘rgatuvchi maslahatida – mutaxassislarning asosiy maqsadi g‘oyalarning yuzaga kelishi, 
echimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. SHu maqsadda mijozlar uchun ma’ruzalar o‘qiladi, 
seminarlar o‘tkaziladi, ma’ruzalar kursilari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy 


va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda 
qo‘llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko‘p yillar mobaynida bozor 
iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati 
statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSH da ushbu tarmoqda 700 ming 
kishi band bo‘lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi. 
Har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda maslahatchilar fikrisiz iqtisodiyot 
va boshqaruvga oid jiddiy qarorlar qabul qilinmaydi. 
O‘zbekistonda hozirgi vaqtda xususiy konsalting firmalar soni juda kam (qiyoslash 
uchun Gollandiyada ularning soni 2000 dan oshiqdir). 
Xususiy firmalardan tashqari maslahatli xizmatlarni davlat, o‘quv, axborot, 
ilmiytekshirish muassasalar tijorat asosida bajaradilar. Mamlakatimizda hozirgi iqtisodiy 
sharoitni yaxshi biladigan, yuqori salohiyatga ega bo‘lgan, yuqori intellektual, bozor 
iqtisodiyoti mexanizmini tushunadigan malakali maslahatchilar soni yildanyilga ko‘payib 
bormoqda. Ular chet el konsalting firmalarining vakillari bilan hamkorlikda milliy 
iqtisodiyotni rivojlantirishda katta ish olib bormoqdalar. Aytish lozimki, chet el konsalting 
firmalarining xizmati juda qimmat. Masalan, chet el konsalting firmasi xodimining bir 
kunlik o‘rtacha ish haqi 300 dollarni tashkil qiladi. 
Konsalting xizmatlari turli xil bo‘lishi mumkin. Menejment bo‘yicha Evropa 
maslahatchilar ma’lumotko‘rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko‘rsatilgan. Ular 
quyidagi 8 ta guruhga bo‘lingan: umumiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, moliyaviy 
boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus 
xizmatlar. 

Download 362.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling