Tadbirkorlik faoliyati turlari ishlab chiqarish
Download 19.4 Kb.
|
1 2
Bog'liqTADBIRKORLIK FAOLIYATI TURLARI
Xizmat koʻrsatish tizimi (yoki mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimi, CSS) — bu mijozlarning ehtiyojlari, istaklari yoki intilishlarini qondiradigan xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan texnologiya va tashkiliy tarmoqlar konfiguratsiyasi. Xizmat koʻrsatish tizimi — bu xizmatlarni boshqarish, xizmat koʻrsatish operatsiyalari, xizmatlar marketingi, xizmat koʻrsatish injiniringi va xizmatlarni loyihalash adabiyotlarida qoʻllaniladigan atama. Bu atama tez-tez paydo boʻlsa-da, u juda kam ishlatiladi.
Xizmat koʻrsatish tizimining taʼriflaridan biri qiymat takliflari va umumiy maʼlumotlar orqali bogʻlangan odamlar, texnologiyalar, ichki va tashqi xizmat koʻrsatish tizimlarining qiymatli ishlab chiqarish konfiguratsiyasidir. Eng kichik xizmat koʻrsatish tizimi bir kishi, eng katta xizmat tizimi esa jahon iqtisodiyotidir . Jahon iqtisodiyotining tashqi xizmat koʻrsatish tizimi ekotizim xizmatlari deb hisoblanadi. 5Isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish - inson ehtiyojini qondirishga moʻljallangan isteʼmol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, isteʼmol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar. I. t. shaxsiy isteʼmolni krndiradi, investitsiya tovarlaridan inson tirikchiligini taʼminlashi bilan farqlanadi, mehnat resurslarini qay-tadan hosil etilishiga sharoit hozirlaydi. Isteʼmol vazifasiga koʻra, I. t. oziq-ovqat tovarlari, nooziq-ovqat tovarlari va pulli xizmatlarga boʻlinadi. Bular, uz navbatida, kichik gu-ruhlarga ajratiladi. I. t. ichida nooziq-ovqat tovarlari turi kup (ular kimga moʻljallangani, qaysi ehtiyojni qondirishi, isteʼmol etishga qulaylik yaratishga qarab gʻoyat xilma xil buladi va individual did hamda modani nazarda tutadi). Xizmatlardan iborat I. t. ham, shartli ravishda, madaniy, maishiy va ijtimoiy xizmatlar kabi turlarga ajratish mumkin.6 AXBOROT -biron voqea haqidagi batafsil xabar, ma’lumot. Davlatlar oʻrtasidagi muzokaralar na-tijasida tuzilgan bitim yoki shartnoma toʻgʻrisida hukumatning rasmiy xabari. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlatlar oʻrtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natijasida tu-zilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan rasmiy e’lon qilinadi. Ikki davlat oʻrtasida olib borilgan muzoqaralar haqidagi Axborot. odatda qoʻshma Axborot. deb atala-di;Tijorat (arab. — savdo-sotiq)— savdo va savdovositachilik faoliyati, tovarlar va xizmatlarni sotishda ishtirok etish yoki sotishga koʻmaklashish. Keng maʼnoda tadbirkorlik faoliyati. Foyda olishga qaratilgan har qanday ha’ti-harakat tijoriy faoliyat bo’ladi.1 Savdo — 1) tovar muomalasining bir turi, mehnat mahsulotlari va xizmatlarni oldisotdi yoʻli bilan ayirboshlash shakli. Bunda tovar haridi miqdori, tovar sifati, sotishdan oldin yoki keyin xizmatlar koʻrsatish, sotib olingan tovar yoki xizmat haqini hisobkitob qilish tartibi va boshqa shartlashiladi; 2) sotuvchilar va haridorlar oʻrtasidagi qiymat almashuviga doir munosabatlar. Tovar ishlab chiqarish paydo boʻlishi bilan tovarlarni pul vositasida ayirboshlash, yaʼni Savdo vujudga kelgan. Xalq xoʻjaligining ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida ajralib chiqqan va tovarlarni olish, sotish va ular bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishda vositachilik faoliyatini amalga oshiradigan tarmogʻi. Ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlaydi, tovarlarni soʻnggi isteʼmolchi (aholi)ga yetkazishni taʼminlaydi. Ulgurji va chakana savdoga boʻlinadi. Ulgurji Savdo — tovarlarni ishlab chiqarish isteʼmoli yoki qayta sotish uchun yirik partiyalarda sotib oladigan yoki saklaydigan, ularni chakana Savdoga, isteʼmolchi yoki boshqa savdo tashkilotlariga sotadigan muassasalarmajmui. Chakana Savdo — bevosita isteʼmolchining pul daromadlariga ayirboshlash yoʻli bilan yakka yoki kichikroq miqdordagi tovarlarni sotib oxirgi isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadi. Savdo ichki va tashqi Savdoga boʻlinadi. Ichki Savdo bir mamlakat doirasida tovar muomalasiga xizmat koʻrsatadi. Tashqi Savdo mamlakatlararo tovar muomalasini qamraydi. Sugʻurta, turizm, fraxt, bank faoliyati "koʻrinmas" (joriy harakatlar boʻyicha sezilmas) S.ga kiradi2Download 19.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling