Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Qisqa xulosalar
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga
bog’liq bo’lmay, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassislar va ishchilar,
ayniqsa, chet ellik hamkasblari – biznesmenlar doirasida umumaxloqiy
me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning
yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik
qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan boshqaruv uslublarini
takomillashtirishni talab etadi. Boshqaruv uslublari, asosan, ongli ravishda
muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga
ko’ra tarbiyaviy, modddiy-rag’batlantiruvchi va ma’muriy-tashkiliy turlarga
bo’linadi.
Boshqaruvda uzoq va yaqin muddatlarga mo’ljallangan rejalar tuzish, qarorlar
qabul qilish, ijrochilar o’rtasida ishlarni taqsimlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish,
ijrochilarni rag’batlantirish rahbar zimmasidadir.
Nazorat va muhokama uchun savollar


1.Biznesda boshqaruv psixologiyasining mazmuni va mohiyati nimada?
2. Boshqarish san’ati deganda nimani tushunasiz?
3. Tadbirkor rahbar faoliyatining boshqarish san’atidagi xarakterli
xususiyatlar nimalardan iborat?
4. Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari nimada?
5. Qanday tadbirkor rahbar muvaffaqiyatga tez erishadi?
6. Tadbirkor rahbar qanday talablarga javob berishi kerak?
7. Rahbarda qanday sifatlar mujassamlashgan bo’lishi darkor?
8. Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlar qaysilar?
9. Tadbirkor madaniyati deganda nimani tushunasiz?
10.Tadbirkor rahbar nizoli vaziyatlarda qanday yo’l tutishi lozim?
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. O’zbekiston Konstitusiyasi – biz uchun demokratik
taraqqiyot yo’lida va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevordir.
Prezident I. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul
qilinganining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. // Xalq
so’zi, 2009 yil 6 dekabr.
2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir. Prezident I.Karimovning 2009 yilning asosiy
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasi. // Xalq so’zi, 2010 yil 29 yanvar. 
3. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to’g’risidagi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi PQ-1271 sonli Qarori.
4. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida
uni bartarf etish yo’llari va choralari. – T.: O’zbekiston, 2009. 
5. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010.
6. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
Moliya-iqtisod, 2008.
7. Qosimova M.S., Samadov A,N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.:
O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005.
8. Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik
biznesni boshqarish: O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2003. 
9. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye
posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008.


10-bob. KIChIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUBYeKTLARINING
EKSPORT SALOHIYaTINI BAHOLASh

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling