Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Aksiyadorlik jamiyati jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo’lib,
u aksiyalar chiqarish yo’li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog’oz – aksiya
chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadi va foydadan o’z hissasi
– divedendni olib turadilar. Aksiyadorlik jamiyati o’z majburiyatlari bo’yicha
o’ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlar
jamiyati majburiyatlari bo’yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog’liq
zararlar uchun faqat o’zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida javobgar
hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan
aksiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan
barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo’lishi lozim. Aksiya bo’linmas
hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami aksiyalari ta’sischilar
orasida tarqatilishi kerak.
Aksiya fond birjalarida muomalada bo’ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin
o’tadi va aksiyalar uchun uning hissasi to’g’risidagi hujjat hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini:
- aksiyadorning umumiy majlisi;
- kuzatuv kengashi;
- ijro organi boshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, u aksiyadorlik
jamiyati faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega.
Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy
rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik)
faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi
(boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
- aksiyadorlik jamiyati biznesning ko’proq demokratik shaklidir. Unga
xohlagan kishi bevosita yoki obuna bo’lish yo’li bilan aksiyani sotib olib, a’zo
bo’lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati
tug’iladi;


- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- moliyaviy barqarorlikka erishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o’z aksiyasi
miqyosida ziyon ko’rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o’zida ishlab chiqaruvchilar, tovar yetkazib beruvchilar,
xaridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o’zaro
muvofiqlashuviga erishiladi.
Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo’lishi mumkin.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling