Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Bank krediti. Bank va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning sohiblariga foiz
to’lash sharti bilan o’z qo’lida jamlaydilar va o’z nomidan qarzga berib, foiz
oladilar. Bunda uch subyekt:
- pul egasi;
- kredit tashkiloti;
- qarz oluvchining kredit aloqasi paydo bo’ladi.
Banklar orasida tijorat banklari markaziy bo’g’in hisoblanadi. O’zbek࠸ston
Respublikasining «Banklar va bank faoliyati» to’g’risidagi Qonuniga ko’ra, tijorat
banklari aksiyali, pay asosida tashkil topgan va xususiy bo’ladiki, ular «kredit
hisob-kitob va o’zga xil bank xizmati»ni ko’rsatadilar.
Banklar qarzni ishonchli, pulni samarali ishlatishga qodir xo’jalik
subyektlariga qarz beradilar. Ular, o’z navbatida, bu pulni investisiya uchun
sarflab, iqtisodiyotni o’stirishga erishadilar. Bank ishonchli mijozlarni tanlagan
holda, qarzni ularning mol-mulki yoxud boshqa boyligi garovga qo’yilgan
sharoitda beradi. Masalan, bank fermerga 15000 dollar qarz bersa, uning garovga
qo’yilgan mulki qiymati shu summadan kam bo’lmasligi kerak.
Iste’molchi krediti. Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga,
iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste’molchi
krediti paydo bo’ladi. Masalan, AKShda banklar iste’molchilarga kredit
kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar xarid etiladi, xarid
puli banklar va do’konlar bergan schyotga qarab to’lanadi. Bunday kredit g’oyat
imtiyozli bo’ladi, uning foizi boshqacha qarz foizidan kam bo’ladi, hatto foizsiz
ham bo’lishi mumkin.
Iste’molchi krediti aholining iste’mol ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan.
U tovar va pul shaklida bo’lishi mumkin. Xususan, yakka tartibda uy-joy qurish
maqsadlariga beriladigan uzoq muddatli kreditlar – pul shaklidagi iste’molchi
kreditlaridir.
Davlat krediti. Banklar davlatga ham qarz beradi. Shu bilan birga undan qarz
ham oladi. Bunda davlat krediti paydo bo’ladi. Qarz va uning foizi byudjet
hisobidan qaytariladi. Davlat krediti sharoitida qarz beruvchilar kamdan-kam
hollarda banklar bo’ladi. Ko’pincha bu vazifani aholi, firma, korxona va
tashkilotlar bajaradi.
Davlat qarzni turli shaklda, avvalo, davlat zayomlari shaklida oladi. Zayom
davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo’lib, u qarzni vaqti kelganda qaytarib olish
va foiz to’lashni kafolatlaydi. Zayomlarni markaziy va mahalliy hokimiyatlar
chiqaradi. Zayomlar qarz haqi to’lash jihatdan foiz to’lanadigan, yutuq chiqadigan,
ham yutuq, ham foiz beriladigan va ba’zan, foizsiz ham bo’ladi.
Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o’tamay, qarz beruvchi
rolini ham bajaradi. Davlat o’z mablag’lari hisobiga bankda qarz fondini tashkil
etadi, xazinadan qarz ham beradi. Xazina qarzi davlat byudjetidan korxona, firma


va tashkilotlarga ularning moliyaviy sanasiyasi uchun sarflanadi. Mazkur qarz ham
ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to’lash sharti bilan beriladi. Ammo foiz
g’oyat imtiyozli bo’ladi va daromad olishni ko’zlamaydi. Davlat o’z qarzidan voz
kechishi ham mumkin.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling