Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

МДҲ давлатлари
Бошқа давлатлар
10.2.1-rasm.
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini
takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga
oshirilishini taqozo etadi.
10.2.2-rasm. Tashqi savdo aylanmasining tovar va geografik tarkibini
takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga talabni o’rganish,
bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab
chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini
kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Ташқи савдо айланмасининг товар ва географик таркибини 
такомиллаштириш орқали рақобатбардошликни ошириш
Хомашё экспортини қисқартириб, қўшилган қиймат 
ҳиссаси юқори бўлган тайёр маҳсулотлар 
экспортини кўпайтириш
Маҳсулот таннархини пасайтириш орқали уларнинг 
рақобатбардошлигини таъминлаш
Янги маҳсулотларни жаҳон бозорига 
олиб чиқиш
Иқтисодиётнинг тармоқ таркибини 
такомиллаштириш
Ташқи савдога хизмат қилувчи 
инфратузилмани янада 
ривожлантириш
Иқтисодиётни техник-технологик қайта 
қуроллантириш асосида тайёрланаётган 
маҳсулотлар сифатини яхшилаш


Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini
ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb
etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini
kamaytirishda ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar,
raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikasiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish
va h.k. 
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-
2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish
bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni
tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va
tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini
takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikasiya qilish
iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga erishish, uning
raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush
farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling