Tadbirkorlik pdf


Loyiha bo’yicha boshqaruv


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Loyiha bo’yicha boshqaruv qisqa muddatda yangi texnika va texnologiyani
joriy etish zarurati tug’ilgan hollarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus
xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tuzadi va uning
joriy etilishini nazorat qiladi. 
Loyiha bo’yicha boshqaruv muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi, kichik
bo’laklarga ajratadi yoki to’ldiradi. U loyihani bajarish uchun korxonaning barcha
funksional xizmatlari va bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ
hisoblanadi. Bu organga tegishli huquqlar beriladi. U vazifalarning bajarilishi
uchun to’la javobgar bo’ladi.
Bunday boshqaruv ko’p nomenklaturali ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Loyiha rahbari maxsus vakolatga ega bo’lib, texnologik ishlarni zvenolar bilan
ishchilar o’rtasida taqsimlaydi, uning bajarilishini o’z loyihasi doirasida nazorat
qilib boradi. Chiziqli rahbarning shu ishlarga oid buyruqlari loyiha rahbari bilan
kelishiladi. Bunda bajaruvchi kishi ikki va undan ortiq rahbarga ega bo’lib, ularga
bo’ysunadi. 
Mahsulotga ko’ra boshqaruv tarkibining afzalligi axborotlarning kelish
yo’llari va oqimining qisqarishi, yakkaboshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishi,
boshqaruvning yuqori bosqichlarini kichik joriy vazifalardan xalos etishda
namoyon bo’ladi. Bunday tarkib bozorda talabning o’zgarishiga tezkor munosabat
bildirishga qodirdir.
Matrisali tuzilma. Matrisali tarkib bo’yicha boshqaruv ancha murakkab
bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa «umr» ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan
korxonalar tomonidan qo’llaniladi. Bu tarkib korxonada gorizontal aloqalarni
yo’lga qo’yish va ularni zamonaviy kompyuterlar yordamida murakkab
buyurtmalarini bajaruvchi turli korxonalar faoliyati bilan bog’lash, texnika
sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatish va ekspertizani ta’minlashga
qaratilgan. Ushbu tarkibni «tur» ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki
turdagi tarkibning kombinasiyasini ifodalaydi. 
Boshqaruvning matrisali tarkibining mohiyati shundaki, unda har bir xodim,
ayni bir vaqtning o’zida, loyiha bo’yicha boshqarish, shuningdek funksional
organida xizmatda bo’ladi hamda ikki yoqlama bo’ysunadi. Bu tarkibning o’ziga
yarasha afzalliklari bor. Bular quyidagilardir:
- boshqaruv jarayonidagi (gorizontal) aloqalarning uzunligini keskin
qisqartiradi va tartibga soladi;
- qarorlar qabul qilishni tezlashtiradi va ularning mazmuni hamda natijalari
uchun mas’uliyatni oshiradi;


- korxonaning ichki va tashki sharoitlariga ta’sir yetuvchi omillarning
o’zgarishiga tezda ko’nikma hosil qiladi va shunga muvofiq ravishda amal qiladi;
- chiziqli bo’ysunish vositasida bo’lim ichida byurokratiyaga bo’lgan
moyillikni bir qadar so’ndiradi va hokazo.
Shu bilan bir qatorda, matrisali tarkibning ham ayrim kamchiliklari bor. Bular
tarkibning murakkabligi va boshqaruv organlarining real vakolatiga ega
emasligidir.
Boshqaruvning tashkiliy tarkiblari to’g’risida yakuniy xulosalarga kelar
ekanmiz, boshqaruvning qarab chiqilgan tashkiliy tarkiblaridan birortasini ham
rasmiy tarkib deb bo’lmaydi. Shu bois har bir korxona (firma) o’z oldidagi maqsad
va iqtisodiy muhitining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, uning talablarini
yuqori darajada qondiradigan tashkiliy tarkib turini tanlashi kerak.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling