Tadbirkorlik shakllari reja


Download 73.69 Kb.
bet5/7
Sana15.03.2023
Hajmi73.69 Kb.
#1271348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishning nazariy va amaliy jihatlarini hamda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida mavjud korxonalar faoliyatining ichki iqtisodiy munosabatlarini o'rgangan holda uning tarkibiy elementlarini biznes-reja orqali amalga oshirgan ma'qul. Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo'jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:

1. Bozomi tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge'molchilar.

Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo'jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma'muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma'lumotlar.

3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo'jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo'jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilgi-moylash materiallari, o'g'it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar

4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko'rsatkichlar.

5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to'lash shakli, ichki xo'jalik bo'linmalari va ularning o'zaro munosabatlari.

6. Xavf-xatami baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar.

7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o'z-o'zini qoplash nuqtasi, mablag'lar manbalari va ulardan foydalanish.

SHeriklar mulkining shakllanishi tadbirkorlik munosabatlari rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori mas'uliyat, mustaqillik, xoʻjayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi. Yangi xoʻjalik mexanizmida qishloq xoʻjalik korxonasini tadbirkorlik asosida qayta tashkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda qo'llaniladi. Bu paylaming egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va ulushlaridan daromad to'laydilar. Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'linmalarining bozor munosabatlari shartlariga asoslangan oʻzaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo'jalik jamoalari munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan belgilangan narxlar bo'yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini oʻzgartirishga imkon beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi, ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo'yicha. Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a'zosi bo'lmasligi mumkin. Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona a'zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkomi tanlashga imkon beradi. Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o'zi olishi yoki boshqaga berishi mumkin. Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi qishloq xo'jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo'jalikda pul yo'q bo'lsa ham oylik o'z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan. Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari - tadbirkor o'z shaxsly imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo'yicha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi talab qilinadi. Yuqoridagi mexanizmining amalga oshishi birinchi navbatda tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga ega ekanligiga koʻp jihatdan bogʻliq bo'ladi. U qanday va qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkoming ixtiyorida uchta resurs - moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi boʻlishi lozim.


Download 73.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling