Tadbirkorlik shakllari reja


Download 73.69 Kb.
bet4/7
Sana15.03.2023
Hajmi73.69 Kb.
#1271348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo'yicha kelishuvlar va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma'lum darajada ishlab chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o'xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida material resurslari o'rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab chiqarish o'rniga tayyor mahsulot olish keladi.

Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir.

Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo'jalik faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing

yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya'ni, bozorni oʻrganish, tovami iste'molchiga boʻlgan harakati, moliyaviy ta'minlash va foyda olish amalga oshiriladi.

Bu borada savdo korxonasiga ikkita o'zaro bogʻliq talab qo'yiladi: iste'molchi tabiatining o'zgarishiga iloji boricha ko'proq ko'rinish va raqobat sharoitida yashovchanlikni saqlab qolish.

Savdo faoliyatida marketingning amalga oshirilishini muhim sharti uni rejalashtirilishi hisoblanadi. Marketing rejasi natura va pul koʻrinishida sotish hajmini belgilashning asosini bildiradi. Bu borada tovarlar talab harakteri bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: birinchi guruh - bozomi egallab ulgurmagan tovarlar; ikkinchi guruh - muhim talabga ega bo'lgan an'anaviy tovarlar.

Tezkor boshqaruv ishidan tashqari marketing tarkibi o'z ichiga bozorni o'rganish, holatni baholash, oldindan ko'rish, rejalashtirish bu haqda yuqorida soʻz yuritildi) kabi funksiyalar va bu funksiyalarni amalda bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish kiradi.

Agar bozorni oldindan qilingan tahlili va istiqboli tijorat bitimi olib borishni maqbul ekanligini bildirsa, tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishga to'g'ri keladi. Biznes-reja harakat fooliyati va qilinadigan sarf-harajatlar, kutilayotgan natijalar hisobi aks ettiriladi.


Download 73.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling