Tadbirkorlik shakllari reja


Download 73.69 Kb.
bet6/7
Sana15.03.2023
Hajmi73.69 Kb.
#1271348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

Qishloq xo'jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o'z ichiga oladi. Realizatsiya qilish tarmogʻi tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste'molchiga yetkazishda mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yigimidir.

Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevosita

ta'sir qiladi. 

Moliyaviy tadbirkorlik:Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar tljorat banklari va fond birjalari bilan bog'liq holda ish olib boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada? Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mijozlar topshirigiga ko'ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq toʻlash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko'rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbal - depozit va qarz mablag'larning foiz stavkalari o'rtasidagi farqdir. Tijorat banklar operatsiyasi uch guruhga boʻlinadi: passiv (mablag' jalb etish), aktiv (mablag' joylashtirish), tijorat - vosita (mijoz topshirig'iga ko'ra turli operatsiyalarni amalga oshirish) operatsiyalaridir. Bu banklar tijorat harakteridagi tavakkalchilik bilan ish olib boradilar. Chunki ular o'e mijozlariga avval belgilangan muddatlarda foizlarini qoʻshib pul berishga majburdir. U yoki bu sabablarga koʻra mijozlar talab qilgan paytlarda pul bera olmaslik ehtimolini oldini olish uchun tijorat banklari ma'lum miqdorda pul zahirasiga ega bo'lishi lozim. Respublikamizda bunday banklar koʻpaymoqda. Yana kelajakda, yaqin kunlarda xurmali Prezidentimiz I. A. Karimovning tashabbuslari va ko'rsatmalariga asosan endi xususiy bankla ham ko'payib boradi.


Download 73.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling